Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputat yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazdi
янв.21
Shahrisabz shahrida ijtimoiy barqarorlik va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lidagi tashabbus.
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo'lib o'tdi
янв.21
Маҳаллий Кенгашлар фаолиятини намунали ташкил этишнинг устувор йўналишлари: муаммо ва ечимлар
янв.21
Deputat joylarda o'rganishda
янв.21
Deputatlar aholi xonadonlarida!
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
2025 yil Atrof muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yili
янв.21
Xalq deputatlari Shahrisabz shahar Kengashining VII sessiyasi bo'lib o'tdi
Viloyat kengashi deputati saylovchilarga hisobot berdi

6-Mehrobod saylov okrugidan saylangan viloyat kengashi deputati A.Qayumov navbatdagi uchrashuvini mahalla yettiligi va saylovchilar bilan o‘tkazdi. U uch oylik deputatlik faoliyati yuzasidan jamoatchilikka hisobot berdi.

🔹Deputatning ta’kidlashicha, yil boshida Smart Sity shaharchasida tashkil etilgan deputat qabulxonasi fuqarolar murojaatini osonlashtirishda samarali tajriba bo‘ldi.

— Har bir insonning dardi eshitilishi kerak. Men faqat so‘zda emas, amalda ham odamlar xizmatidaman, — dedi Qayumov.

📌 Uchrashuvda mahallalardagi aniq muammolar tilga olindi:

Nayman mahallasidagi ko‘chalarga o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgan panjaralar, o‘rikzor mahallasidagi qurib qolgan daraxtlarni kesish va shakl berish uchun ekologiya boshqarmasidan ruxsat olish va semurg‘ mahallasidagi ichki ko‘chalarning cho‘kishi va ta’mirtalab holatga kelib qolgani, bolalar o‘yingohini yoritish masalalari muhokama qilindi.

🔹Bu kabi hisobot-yig‘ilishlarini muntazam o‘tkazib borishga kelishib olindi.

Slide 1 of 3