Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
#_Kengash_raisi_faoliayti #_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
#_kotibiyat_mudiri_faoliayti #_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_okrugdagi_o'rganish #_kotibiyat_xodimi_faoliyati Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: elektr ta’minoti holati o‘rganildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Ustozlar — yurt e’zozi va ta’lim taraqqiyoti tayanchi
янв.21
#_yoshlar_masalaht_guruhi_faoliyati #_doimiy_komissiya_faoliyati
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala “Ma’rifat karvoni” — ma’naviyat va ma’rifat sari ezgu qadam
янв.21
#_Kengash_faoliayti Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_ish_reja_ijrosi #_kotibiyat_xodimi_faoliyati #_Biriktirlgan_tashkilot_faoliyati_tahlili Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi deputatlar nazoratida
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_okrugdagi_o'rganish Shohjahon mahallasida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish bo‘yicha xatlov jarayonlarining haqqoniyligi joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_okrugdagi_o'rganish #_kotibiyat_xodimi_faoliyati Aholi murojaatlari — deputat nazoratida
янв.21
#_deputat_faoliyati Sariosiyoda zamonaviy texnikalar yordamida paxta terimi jadallik bilan davom etmoqda
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni doimiy komissiya raisi X.Abdurahmonov olib bordi. Unda Kengash kotibiyati mudiri A.Ermatov, komissiya a’zolari, ekspert-maslahat guruhi vakillari hamda mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Kun tartibida Marg‘ilon shahrida 2026-yilning sakkiz oyi davomida jinoyatchilikning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash, mahallalarda xavfsiz muhit yaratish hamda profilaktika tizimi samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda Marg‘ilon shahar IIB boshlig‘i o‘rinbosari A.Mo‘minov tomonidan hisobot berildi. Qayd etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yilning sakkiz oyida shaharda jami 434 ta jinoyat qayd etilgan. O‘tgan yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 493 tani tashkil etgan bo‘lib, joriy yilda jinoyatlar soni 59 taga yoki 12 foizga kamaygan.

Aholi soni 261 ming 465 nafarni tashkil etadigan shaharda har 100 ming aholiga 166 ta jinoyat to‘g‘ri kelmoqda. Oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar soni ham sezilarli kamaygan: 2025-yilning sakkiz oyida 271 ta bo‘lgan bo‘lsa, 2026-yilning shu davrida 165 tani tashkil etib, 106 taga yoki 39,1 foizga qisqargan.

Shu bilan birga, aniqlanadigan jinoyatlar bo‘yicha o‘sish qayd etilgan. Ushbu turdagi jinoyatlar 2025-yildagi 210 tadan 2026-yilda 252 taga yetgan. Yig‘ilishda aynan mazkur ko‘rsatkichlar ham alohida tahlil qilinib, jinoyatlarni aniqlash va oldini olish o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash, profilaktik ishlarning manzilliligini kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Hisobotda ayrim yo‘nalishlarda ijobiy natijalar qayd etilgani bilan birga, qotillik, talonchilik, nomusga tegish, jamoat joylari va ko‘chalarda sodir etiladigan jinoyatlar, shuningdek, telefon, kissavurlik hamda savdo shoxobchalaridan o‘g‘irlik holatlari ko‘paygani ham qayd etildi. Bu esa mazkur yo‘nalishlarda profilaktik choralarni kuchaytirish zarurligini ko‘rsatmoqda.

Xususan, 2026-yilning sakkiz oyida ayollar tomonidan 18 ta jinoyat sodir etilgani, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 taga yoki 14,3 foizga kamaygani ma’lum qilindi.

Oilaviy zo‘ravonlik holatlari ham muhokama markazida bo‘ldi. Hisobot davrida 72 ta oilaviy-maishiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarlik qayd etilgan, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan 434 nafar xotin-qizga himoya orderi berilgan.

Yoshlar va voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi bo‘yicha ham ijobiy dinamika qayd etildi. 2026-yilning sakkiz oyida voyaga yetmaganlar tomonidan 11 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, 2025-yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 24 tani tashkil etgan. Yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar esa 31 tani tashkil etib, o‘tgan yilgi 71 ta ko‘rsatkichga nisbatan 40 taga yoki 56,3 foizga kamaygan.

Jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida shaharda 8 071 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgani, 355 holatda ma’muriy qamoq jazosi qo‘llangani hamda 64 nafar shaxs majburiy davolanishga yuborilgani haqida ma’lumot berildi.
Yig‘ilishda erishilgan natijalar bilan bir qatorda, jinoyatchilikning ayrim turlari bo‘yicha saqlanib qolayotgan muammolar tanqidiy ruhda muhokama qilindi. Kelgusida firibgarlik, o‘g‘irlik va tan jarohati yetkazish jinoyatlarining oldini olish bo‘yicha alohida chora-tadbirlar ishlab chiqish, kriminogen vaziyati murakkab mahallalarda manzilli profilaktik ishlarni kuchaytirish, yoshlar bilan individual ishlash tizimini takomillashtirish, savdo obyektlari va boshqa xavfli hududlarda xavfsizlik choralarini kuchaytirish taklif etildi.

Yig‘ilish yakunida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlarni yanada kuchaytirish va mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
Slide 1 of 4