Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
#_Kengash_raisi_faoliayti #_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
#_kotibiyat_mudiri_faoliayti #_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_okrugdagi_o'rganish #_kotibiyat_xodimi_faoliyati Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: elektr ta’minoti holati o‘rganildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Ustozlar — yurt e’zozi va ta’lim taraqqiyoti tayanchi
янв.21
#_yoshlar_masalaht_guruhi_faoliyati #_doimiy_komissiya_faoliyati
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala “Ma’rifat karvoni” — ma’naviyat va ma’rifat sari ezgu qadam
янв.21
#_Kengash_faoliayti Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_ish_reja_ijrosi #_kotibiyat_xodimi_faoliyati #_Biriktirlgan_tashkilot_faoliyati_tahlili Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi deputatlar nazoratida
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_okrugdagi_o'rganish Shohjahon mahallasida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish bo‘yicha xatlov jarayonlarining haqqoniyligi joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_okrugdagi_o'rganish #_kotibiyat_xodimi_faoliyati Aholi murojaatlari — deputat nazoratida
янв.21
#_deputat_faoliyati Sariosiyoda zamonaviy texnikalar yordamida paxta terimi jadallik bilan davom etmoqda
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yigirma yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yigirma yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
🏛 Bugun xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yigirma yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar, senatorlar, tegishli tashkilotlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a'zolari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

📝 Kun tartibidan joy olgan masalalar:

🔺Dastlab deputatlar tomonidan kun tartibidagi Toshkent shahrining tumanlarida qo‘shimcha zaxira hamda imkoniyatlarni safarbar etish bo‘yicha ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”ni tasdiqlash to‘g‘risidagi masala yuzasidan  Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Ismoilxodjayev G'ani Uchqunovichning hisoboti tinglandi.

🔺 Shuningdek Toshkent shahridagi jamoat transportida yo‘lkira haqi tarifini belgilash masalasini muhokama qilish to‘g‘risidagi masala yuzasidan Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari - Baxtiev Abdurahmon Abdurashitovichning hisobotini tingladi.

🔺 Toshkent shahrida “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi ta’minlanishi holatini o‘rganish va natijalarini muhokama etish to‘g‘risida Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Mirxamidov Mirmuxammad Mirshahidovich o‘z hisobotini taqdim etdi. Mazkur masala deputatlar tomonidan muhokama qilindi.

🔺 Toshkent shahri hududida tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) o‘rnatish chizmalari loyihalarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Dusmuxamedov Alisher Ismatillaevich o‘z hisobotlarini sessiya qatnashchilariga taqdim etdi.

🔺 Toshkent shahrida soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladigan davlat-xususiy sheriklik loyihalarining manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari - Shovkatov Azizxon Anvarbek o‘g‘li hamda Toshkent shahar Turizm boshqarmasi boshlig‘i v.b. Nosirov Shoxrux Shuxrat o‘g‘li deputatlarga o‘z hisobotini taqdim etdi.

🔺Toshkent shahrida davlat dasturlari doirasida kredit ajratilishi va ulardan samarali foydalanish holati, kredit mablag‘larining maqsadli ishlatilishi, loyihalarning ishga tushirilishi borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasi boshqarmasi boshlig‘i - Kenjaev Bahodir Radjabmurodovich deputatlarga hisobot berdi.

🔺Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlari hamda soha bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni aholiga yetkazish, bunda, OAVdan, Internet tarmog‘idan foydalanish holatlarini o‘rganish va natijalarini muhokama etish to‘g‘risidagi masala yuzasidan Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i - Praliev Qudratilla Sunnatillaevich deputatlarga o‘z hisobotlarini taqdim etdi.

🔺 Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish borasida 2026-yilning I-yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar va mavjud muammolar to‘g‘risida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi boshlig‘i - Muxitdinov Muxtor Yashnarovich deputatlarga o‘z hisobotini taqdim etdi.

🔺 Toshkent shahar bojxona boshqarmasi tomonidan 2026-yilning o‘tgan yarim yilligi mobaynida importni optimallashtirish, mahalliy ishlab chiqarishni rag‘batlantirish hamda tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘maklashish borasidagi faoliyati to‘g‘risidagi masala yuzasidan Toshkent shahar Bojxona boshqarmasi boshlig‘i – Kadirov Umidjon Suhbatjonovich tomonidan sessiya qatnashchilariga hisobot berildi.

🔺Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi direktori o‘rinbosari - Bobojonov Qodirjon Abduraximovich, Energiya samaradorligi milliy agentligi Toshkent shahar loyiha ofisi rahbari - Tuychiev Murodjon Mirmuxsin o‘g‘li hamda “Toshkent metropoliteni” AJ Investitsion loyihalarni amalga oshirish bo‘limi boshlig‘i - Axtamov Anvar Axtam o‘g‘li o‘z axborotlarini taqdim etdi. Mazkur masala deputatlar tomonidan muhokama qilindi.

🔺Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining ayrim qarorlariga o‘zgartirish kiritish masalasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i - Mirzaev Bobur Maxirdjanovich hamda “Tutash hududdan samarali foydalanish direksiyasi” MChJ direktori o‘rinbosari - Axmedov Hayitalijon Olimjon o‘g‘li deputatlarga hisobot berdi.

🔺Toshkent shahar Kasbiy ta’lim boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlari va o‘quvchilar turar joyidagi muammolar, yashash sharoitlari, ta’lim muassasasidagi noxush hodisalarni oldini olish bo‘yicha qilingan ishlar to‘g‘risidagi masala yuzasidan Toshkent shahar kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. Xo‘jamqulov Javlonbek Baxtiyor o‘g‘li deputatlarga o‘z hisobotlarini taqdim etdi.

🔺 Toshkent shahrida ishsizlik va bandlik (ayniqsa jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan shaxslar) holati yuzasidan Toshkent shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘ining hisoboti to‘g‘risida Toshkent shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i - Babajanov Yakubjon Shakirdjanovich deputatlarga o‘z hisobotini taqdim etdi.

🔺 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish hamda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining ayrim qarorlariga o‘zgartirish kiritish masalasini ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi masala yuzasidan Toshkent shahar Adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari - Nazarov Xamdam Shuxratovich tomonidan sessiya qatnashchilariga hisobot berildi.

🔺Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari tomonidan 2026-yilning III choragi davomida o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berishning reja-jadvalini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala yuzasidan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri – Ravshanbekov Davronbek Ravshanbekovich deputatlarga o‘z hisobotlarini taqdim etdi.

🔺 Toshkent shahar mahalliy budjetining 2026-yildagi qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish haqida masalalaga tegishli bo‘lgan tashkilot rahbarlari tomonidan hisobot berildi.

⏺️ Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining bu galgi sessiyasida shu va boshqa masalalar deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilib, yakunda tegishli qarorlar qabul qilindi.

📌 Toshkent shahar Kengashi faoliyati haqida eng so‘nggi ma’lumotlardan xabardor bo‘lishni xohlaysizmi? Bizni kuzatishda davom eting!

🌐 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Slide 1 of 10