O‘rganish jarayonida fuqarolarning bandligini ta’minlash, ishsiz aholini kasb-hunarga o‘qitish, mehnat bozoriga qayta kirib kelishiga ko‘maklashish hamda ish izlayotgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari va fuqarolarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish masalalariga e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish hamda qonun ijrosini yanada samarali ta’minlash yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.