Sharof Rashidov tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi “Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-468-son qarorining tumandagi ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hisoboti ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
📋 Mazkur qaror asosida tumanda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish hamda aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan qator vazifa va topshiriqlar belgilangan.
🔎 Sessiyaga tayyorgarlik doirasida tuman Kengashi deputati U.Abdullayev tomonidan tuman hududida tashkil etilishi rejalashtirilgan mebelchilik sanoat zonasi loyihasining amalga oshirilish holati manzilli o‘rganildi.
📍 O‘rganish davomida loyiha uchun ajratilgan yer maydoni ko‘zdan kechirilib, hududning loyiha talablariga muvofiqligi va qurilish ishlariga tayyorgarlik holati tahlil qilindi.