Qonun ijrosi amalda
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi S. Matyaqubova Iqbol mahallasida bo‘lib, mahalla raisi Odilbek Ibragimovning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi O‘RQ-547-sonli “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni talablari ijrosi, fuqarolarning shaxsga doir ma’lumotlarini himoya qilish, ularning daxlsizligini ta’minlash hamda mazkur yo‘nalishda belgilangan vazifalarning amalda bajarilishi holati tahlil qilindi.