35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_162_ta_qonun Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida qonunlar ijrosi o‘rganildi
янв.21
#_deputat_faoliyati Bo‘yrapusht mahallasida fuqaro murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlari natijalari
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_Ekspert_guruhi_faoliyati Daragiston mahallasida sport obyektlarining holati nazorat-tahlil tartibida o‘rganildi
янв.21
#_deputat_faoliyati Obizarang daryosi ustida yangi ko‘prik qurilishi o‘rganildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Hudud obodligi — deputat e’tiborida
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Hudud obodligi — deputat e’tiborida
янв.21
Rahbarlik lavozimlarida ayollar ulushining oshishi: ijobiy tajribalar
янв.21
#_162_ta_qonun #_deputat_faoliyati #biriktirilgan_tashkilot Deputatlik nazorati amalda
янв.21
#_deputat_faoliyati Sharafobod mahallasida bunyodkorlik ishlari yakunlanib, mahalla ochilish marosimi o‘tkazildi
HUDUDDAGI KUTUBXONA FAOLIYATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 25-“Oydin” saylov okrugidan saylangan deputat Ismailov Qamariddin Abduraximovich tomonidan o‘zi saylangan hududdagi “Said ota” mahallasida joylashgan 56-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonasi faoliyati o‘rganildi.O‘rganish davomida maktab kutubxonasining mavjud holati, ish faoliyatining tashkil etilishi, kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda o‘quvchilarga ko‘rsatilayotgan kutubxona xizmatlari bilan yaqindan tanishildi.Kutubxona xodimlari bilan muloqot davomida mavjud kitoblarning umumiy fondi,adabiyotlarning saqlanishi, kitobxonlar soni, o‘quvchilarning mutolaaga qiziqishi hamda kutubxona xizmatlari sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.Shuningdek, kutubxonaning moddiy-texnik holati,mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy mutolaa muhitini yaratish masalalariga ham e’tibor qaratildi.Muloqot davomida muassasa xodimlarining muammolari,taklif va ehtiyojlari tinglandi.Bildirilgan masalalar yuzasidan fikr almashilib,ularni hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.Ayniqsa, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda mutolaaga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishda maktab kutubxonalarining o‘rni muhim ekani ta’kidlandi.Shu nuqtayi nazardan, kutubxona faoliyatini yanada jonlantirish, o‘quvchilarni muntazam kitob o‘qishga jalb etish, turli kitobxonlik tadbirlarini ko‘paytirish va mavjud adabiyotlardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.Yakunda deputat tomonidan kutubxona fondini yoshlar orasida qiziqish uyg‘otadigan zamonaviy adabiyotlar bilan ta’minlash zarurligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, elektron kutubxona tizimini joriy etish, kitoblar hisobini raqamlashtirish hamda o‘quvchilarni kutubxonaga muntazam jalb etish bo‘yicha tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.  

Slide 1 of 4