MUSTAQILLIK BAYRAMI VA BILIMLAR KUNI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati N. Ruziyeva 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi hamda yangi 2026/2027-o‘quv yili boshlanishi — Bilimlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida ishtirok etdi.
Tadbirda maktab jamoasi, ustoz va murabbiylar, o‘quvchilar hamda ota-onalar jam bo‘lib, yurtimiz hayotidagi ikki muhim va qadrli sana — Mustaqillik bayrami va Bilimlar kunini ko‘tarinki kayfiyatda qarshi oldilar.
Tadbir davomida deputat ustoz va pedagoglarni, o‘quvchilar hamda ota-onalarni qutlug‘ ayyom bilan samimiy muborakbod etib, ularga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, pedagogik faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar va yangi o‘quv yilida yuqori natijalar tiladi.
Shuningdek, yosh avlodga sifatli ta’lim-tarbiya berish, ularning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni puxta egallashi, iste’dod va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish muhimligi ta’kidlandi.
Bilim — kelajak poydevori. Bugungi yoshlarning bilimli, ma’rifatli, vatanparvar va yuksak ma’naviyatli insonlar bo‘lib voyaga yetishi yurtimiz taraqqiyoti va kelajagining muhim omilidir.
🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi va yangi o‘quv yili barchaga muborak bo‘lsin!
📚 Yangi o‘quv yili bilim, zafar va ulkan marralar yili bo‘lsin!