35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_162_ta_qonun Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida qonunlar ijrosi o‘rganildi
янв.21
#_deputat_faoliyati Bo‘yrapusht mahallasida fuqaro murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlari natijalari
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_Ekspert_guruhi_faoliyati Daragiston mahallasida sport obyektlarining holati nazorat-tahlil tartibida o‘rganildi
янв.21
#_deputat_faoliyati Obizarang daryosi ustida yangi ko‘prik qurilishi o‘rganildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Hudud obodligi — deputat e’tiborida
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Hudud obodligi — deputat e’tiborida
янв.21
Rahbarlik lavozimlarida ayollar ulushining oshishi: ijobiy tajribalar
янв.21
#_162_ta_qonun #_deputat_faoliyati #biriktirilgan_tashkilot Deputatlik nazorati amalda
янв.21
#_deputat_faoliyati Sharafobod mahallasida bunyodkorlik ishlari yakunlanib, mahalla ochilish marosimi o‘tkazildi
“Ahil” mahallasidagi qurilish ishlari qonuniyligi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ “Ahil” mahallasidagi qurilish ishlari qonuniyligi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Saidmurod Ibragimov tomonidan Olmazor tumani “Ahil” mahallasida olib borilayotgan qurilish ishlari yuzasidan Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i Y.O. Ikramov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📩 Deputatlik so‘rovi deputatlik faoliyati davomida 10-“Chuqursoy” saylov okrugi hududida o‘tkazilgan o‘rganishlar hamda “Ahil” mahallasi raisi, faollari va fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar asosida tayyorlandi.

🏗 Murojaatda Olmazor tumani “Ahil” mahallasi, Uzum bog‘ 9-tor ko‘chasida fuqaro Raximova Laylo Xayrullo qizi tomonidan 8 ta kottej qurilishi olib borilayotgani, qurilish ishlari 2026-yil iyun oyidan boshlanganligi hamda qo‘shni yer uchastkalari mulkdorlarining roziligi to‘liq olinmagani yuzasidan e’tirozlar bildirilgan.

⚠️ Shuningdek, qurilayotgan obyekt derazalarining qo‘shni yer uchastkalariga qarashi, qurilish ishlari umumiy foydalanishdagi hududga tutash joyda olib borilayotgani va bu holat qo‘shni mulkdorlarning qonuniy manfaatlariga ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlangan. Fuqarolar tomonidan sanitariya va yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinmayotgani yuzasidan ham xavotirlar bildirilgan.

🔎 Deputatlik so‘rovida qayd etilishicha, mazkur masala yuzasidan vakolatli tashkilotlar tomonidan avval ham o‘rganish o‘tkazilgan. Jumladan, Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasining 2026-yil 7-iyuldagi xulosasida ushbu obyekt “o‘zboshimchalik bilan qurilgan” deb baholanib, qurilish ishlarini 15 kun muddatda bartaraf etish lozimligi ko‘rsatilgan.

📝 Biroq fuqarolarning navbatdagi murojaatlarida mazkur ko‘rsatmalarga qaramasdan qurilish ishlari davom ettirilayotgani ma’lum qilingan. Shu sababli deputat Saidmurod Ibragimov tomonidan qurilishning qonuniyligini, ruxsat beruvchi hujjatlar va loyiha hujjatlarining mavjudligini, shuningdek, avval berilgan ko‘rsatmalar ijrosini qayta o‘rganish masalasi ko‘tarildi.

📋 Deputatlik so‘rovida qurilish ishlarining shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiqligiga huquqiy baho berish, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan qonunchilikda belgilangan choralarni ko‘rish hamda fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan muammolarga qonuniy yechim topish so‘ralgan.

⏳ Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i Y.O. Ikramovdan mazkur masala yuzasidan o‘rganish natijalari va ko‘rilgan choralar haqida 10 kun muddatda asoslantirilgan yozma ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

🤝 Mazkur masala fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shaharsozlik talablariga rioya etilishini ta’minlash hamda qurilish jarayonlarida qonun ustuvorligini mustahkamlash maqsadida deputat Saidmurod Ibragimov tomonidan nazoratga olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1