35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Tashabbusli budjet: hududlar rivoji va xizmatlar sifati yaxshilanmoqda
янв.21
O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi oshib borishi: diplomatik aloqalar kengayishi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_Yoshlar_maslahat_guruhi Aholi salomatligi — deputat nazoratida
янв.21
#_Kengash_raisining_faoliyati Fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
#_Kotibiyat_faoliyati Kunlik ish rejalari muhokama qilinib, vazifalar belgilab olindi
янв.21
#_deputat_faoliyati Alisher Navoiy mahallasida aholi uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining “6-Yangihayot” saylov okrugidan saylangan deputat- Safarov Atam
янв.21
#_doimiy_komissiya_faoliyati #_Ekspertlar_guruhi_faoliyati #_kotibiyat_xodimi_faoliyati Doimiy komissiya va “Ekspertlar guruhi” hamkorligida xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘rganildi
Yangi maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya sifati deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 17-«Do‘stlik» saylov okrugidan saylangan deputat Sidnenko Vera Viktorovna hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B. Xoliqov «Do‘stlik» mahallasidagi 14-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, yaratilgan sharoitlar va ta’lim-tarbiya jarayoni bilan tanishdilar.

90 o‘ringa mo‘ljallangan mazkur bog‘cha yangidan qurilgan bo‘lib, tarbiyalanuvchilar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Zamonaviy mashg‘ulot xonalari, yotoqxonalar, oshxona, o‘yin va sayr maydonchalari hamda boshqa zarur infratuzilmalar mavjud.

O‘rganish davomida asosiy e’tibor yaratilgan imkoniyatlardan oqilona va samarali foydalanish, mashg‘ulotlarni sifatli tashkil etish, bolalar xavfsizligini ta’minlash hamda ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish masalalariga qaratildi.

Deputat tomonidan muassasa mas’ullariga mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, bolalar uchun yaratilgan sharoitlarni asrab-avaylash va ta’lim-tarbiya sifatini yanada oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5