Xalq deputatlari Kengashi doimiy va muvaqqat komissiyalarining vakolatlari
Xalq deputatlari Kengashining doimiy va muvaqqat komissiyalari Kengash faoliyatining muhim yo‘nalishlarida qonunchilikda belgilangan vakolatlarni amalga oshiradi.
- Kengash qarorlari loyihalarini ishlab chiqadi hamda ularni dastlabki tarzda ko‘rib chiqib, sessiyada muhokama qilish uchun tayyorlaydi;
- qaror loyihalari yuzasidan xulosa, budjet loyihalari bo‘yicha esa taklif va tavsiyalar beradi;
- hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
-Kengash tavsiyasiga ko‘ra budjet mablag‘larining maqsadli, samarali sarflanishi holatini o‘rganadi;
- normativ-huquqiy hujjatlar, Kengash qarorlarini targ‘ib etish, ularning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga tushuntirish bo‘yicha tadbirlani tashkil etadi.