35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_kunlik_ish_reja_ijrosi Xonjiza mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Mustaqilligimizning 35 yilligiga tuhfa: Sariosiyo tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga yangi qutqaruv binosi foydalanishga topshirildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_162_ta_qonun #_doimiy_komissiya_faoliyati #_biriktirilgan_tashkilot Doimiy komissiya va “Ekspertlar” guruhi hamkorligida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_162_ta_qonun “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti va deputatlar hamkorligi
янв.21
QAROR QABUL QILINDI
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Deputat saylovchilar bilan uchrashib, murojaatlarni o‘rgandi
янв.21
QAROR QABUL QILINDI
янв.21
#_deputat_faoliyati Fuqaro holidan xabar olindi
янв.21
#_deputat_faoliyati Murojaatlar deputat e’tiborida
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish, tez tibbiy yordam va kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar holati o‘rganildi
43-“DO‘STLIK” SAYLOV OKRUGIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️43-“DO‘STLIK” SAYLOV OKRUGIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 43-“Do‘stlik” saylov okrugidan saylangan deputati Suhrob Saifnazarov tomonidan Yangihayot tumanida fuqarolar qabuli o‘tkazilib, saylovchilarni qiynayotgan masalalar, hududlarni obodonlashtirish, kommunal infratuzilma va aholi uchun qulay sharoit yaratish bilan bog‘liq murojaatlar o‘rganildi.

📝 Fuqarolar qabuli davomida Do‘stlik, Chortoq, Yo‘ldosh va Choshtepa mahallalari aholisi tomonidan bir qator masalalar ko‘tarildi. Jumladan, ichki ko‘chalardagi yo‘l va piyodalar yo‘laklari holati, ayrim hududlarda obodonlashtirish bilan bog‘liq kamchiliklar, kommunal masalalar hamda aholini qiynayotgan boshqa muammolar deputatga bildirildi.

🔎 Murojaatlar shunchaki qayd etish bilan cheklanmay, Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarning o‘zida o‘rganildi. Ayrim masalalar yuzasidan tegishli mas’ullar bilan bog‘lanilib, ularni joyida hal etish choralari ko‘rildi, qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar esa deputatlik nazoratiga olindi.

🌳 Xususan, “Do‘stlik” mahallasida yashil hududlarni sug‘orish bilan bog‘liq masala ko‘tarildi. Yangihayot tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan ko‘cha bo‘ylab yer osti suvidan foydalanib, gul va daraxtlarni sug‘orish uchun sug‘orish tizimi tashkil etilgan. Biroq mazkur tizim Do‘stlik MFY 2-mavzesidagi 4-uyga o‘rnatilib, 2- va 3-uylar hududi qamrab olinmay qolgan.

💧 Natijada ushbu uylar atrofidagi yashil maydonlarni muntazam sug‘orishda aholi qiyinchilikka duch kelayotgani bildirildi. Fuqarolar tomonidan sug‘orish tizimini 2- va 3-uylar hududiga ham yetkazish va yashil maydonlarni saqlash uchun zarur sharoit yaratishda amaliy yordam so‘raldi.

🌱 Deputat Suhrob Saifnazarov mazkur holatni hududning obodonligi va yashil maydonlarni asrash bilan bevosita bog‘liq masala sifatida o‘rganib, uni tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda hal etish choralarini ko‘rish zarurligini qayd etdi.

🤝 Shuningdek, uchrashuv va o‘rganishlar davomida fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning takliflari ham tinglandi. Ko‘tarilgan masalalarni mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirish, ijrosini kuzatib borish va zarur hollarda deputatlik nazorati mexanizmlaridan foydalanish belgilandi.

🔺 Mazkur ishlar 24 ta ustuvor yo‘nalish, jumladan, mahalla ichki ko‘chalari va piyodalar yo‘laklari holati, obodonlashtirish, park va yashil hududlarni saqlash, kommunal xizmatlar sifati hamda aholi murojaatlarini manzilli o‘rganish vazifalari doirasida olib borilmoqda.

✅ Suhrob Saifnazarov tomonidan 43-“Do‘stlik” saylov okrugiga kiruvchi mahallalarda fuqarolar qabullarini muntazam tashkil etish, muammolarni bevosita joyiga chiqib o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash bo‘yicha deputatlik nazorati davom ettiriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10