35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_162_ta_qonun “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti va deputatlar hamkorligi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Deputat saylovchilar bilan uchrashib, murojaatlarni o‘rgandi
янв.21
QAROR QABUL QILINDI
янв.21
QAROR QABUL QILINDI
янв.21
#_deputat_faoliyati Fuqaro holidan xabar olindi
янв.21
#_deputat_faoliyati Murojaatlar deputat e’tiborida
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala
янв.21
#_Kotibiyat_faoliyati Amalga oshirilgan ishlar sarhisobi va kunlik ish rejasi kotibiyat nazoratida
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #162_ta_qonun Deputat faoliyati: Deputat okrugida o‘rganish islar olib borildi
Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati,  “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi a’zosi Yoqutxon Madjidova boshchiligida “Alisher Navoiy” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda “Alisher Navoiy” va “Shukur Burxonov” mahallalari faollari ishtirok etdilar.  

Samimiy va iliq muhitda o‘tgan uchrashuv davomida yurtimiz Mustaqilligi yillarida erishilgan yutuqlar, tinchlik va taraqqiyot qadriyatlari, shuningdek, mahalladagi dolzarb masalalar xususida fikr-mulohazalar bildirildi. Ishtirokchilar o‘z taklif va istaklarini ochiq bayon etib, deputat bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Deputat Yo.Madjidova yig‘ilganlarni qutlug‘ ayyom bilan tabriklab, Mustaqillik — xalqimizning bebaho ne’mati, uni asrab-avaylash hamda yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shish har birimizning burchimiz ekanini ta’kidladi.

Mustaqilligimiz muborak bo‘lsin! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon bo‘lsin!

Slide 1 of 3