35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_kunlik_ish_reja_ijrosi Xonjiza mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Mustaqilligimizning 35 yilligiga tuhfa: Sariosiyo tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga yangi qutqaruv binosi foydalanishga topshirildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_162_ta_qonun #_doimiy_komissiya_faoliyati #_biriktirilgan_tashkilot Doimiy komissiya va “Ekspertlar” guruhi hamkorligida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_162_ta_qonun “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti va deputatlar hamkorligi
янв.21
QAROR QABUL QILINDI
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Deputat saylovchilar bilan uchrashib, murojaatlarni o‘rgandi
янв.21
QAROR QABUL QILINDI
янв.21
#_deputat_faoliyati Fuqaro holidan xabar olindi
янв.21
#_deputat_faoliyati Murojaatlar deputat e’tiborida
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish, tez tibbiy yordam va kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar holati o‘rganildi
Chilonzor tumanining 2026-yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yuzasidan hisobot berildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 23-sessiyasida Chilonzor tuman hokimining birinchi o‘rinbosari – tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i Abdukadirov Mirzoxid Abduvaxabovich tomonidan tumanni 2026-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining II chorakdagi ijrosi yuzasidan deputatlarga hisobot berildi.
Hisobotda hududda yuqori va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, aholi bandligini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, xizmatlar va sanoat sohalarini kengaytirish, shuningdek, aholining daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Jumladan, yanvar-iyun oylarida 24 trillion so‘mlik prognozga nisbatan 26,4 trillion so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilib, o‘sish sur’ati 125,3 foizni tashkil etgani qayd etildi. Shuningdek, 1 772 nafar yosh “Bir million sun’iy intellekt yetakchisi” loyihasi doirasida o‘qitildi, 79 km optik tolali aloqa liniyalari kengaytirildi hamda 215,9 ming nafar mahalliy va xorijiy sayyoh tashrifi ta’minlandi.
Sanoat sohasida esa 9,2 trillion so‘mlik belgilangan rejaga nisbatan 9,5 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.
Tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida “Sayxunobod tajribasi” asosida 203 ta mikroloyiha amalga oshirilib, tadbirkorlik dasturlari doirasida 39,1 milliard so‘m kredit ajratildi.
Aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida esa 12 182 nafar fuqaroning bandligi ta’minlanib, 12 680 ta yashirin ish o‘rni legallashtirildi. Shuningdek, 753 nafar fuqaro xorijga tashkillashtirilgan tartibda ishga yuborildi, 2 866 nafar kambag‘al aholiga individual yondashuv asosida ijtimoiy yordam va xizmatlar ko‘rsatildi.
Sessiyada hisobot yuzasidan deputatlar tomonidan fikr va takliflar bildirilib, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilash, aholi bandligi va farovonligini oshirish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.