35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_kotibiyat_xodimi_faoliyati Aholi murojaatlari xonadonbay o‘rganilmoqda
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_kotibiyat_xodimi_faoliyati Xurshid mahallasida mas’ullar faoliyati o‘rganildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Alisher Navoiy mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYIDA O‘RGANILDI VA IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
#_Kengash_raisining_faoliyati “Og‘ir mahalla” dasturi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
#_Kengash_raisining_faoliyati #_deputat_faoliyati Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
#_deputat_faoliyati AHOLI MUROJAATLARI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
#_deputat_faoliyati Og‘ir toifadagi Alisher Navoiy mahallasida ustuvor vazifalar belgilandi
янв.21
#_162_ta_qonun #_deputat_faoliyati Deputatlik nazorati amalda
янв.21
#_Yoshlar_maslahat_guruhining_faoliyati #_kotibiyat_xodimi_faoliyati Tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi faoliyati o‘rganildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🟢 PQ-4845-SON QARORI IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH ISHLARI BELGILANDI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari hamda tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi bosh vrachi Saidov O‘ralbek Erkinovich ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-sentabrdagi PQ-4845-son “Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini o‘rganish masalasi muhokama qilindi.

O‘rganishni tizimli va belgilangan mezonlar asosida tashkil etish maqsadida qaror talablari asosida maxsus savolnoma ishlab chiqildi.

Savolnomada hududda maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqib ketish xizmatlari, chiqindi to‘plash shoxobchalari va konteynerlarning holati, sanitariya tozaligi, chiqindilarni belgilangan joylarga olib chiqish, mavjud muammolar hamda aholining mazkur xizmatlar bilan qamrab olinganlik holatini o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, savolnoma asosida joylarga chiqib o‘rganish o‘tkazish, aniqlangan muammolarni tahlil qilish hamda natijalari bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 4