35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_162_ta_qonun Hududdagi markaziy kutubxona faoliyati va qonun ijrosi deputat nazoratida
янв.21
#_deputat_faoliyati Mustaqillik bayrami arafasida bolajonlarga bayramona tuhfa!
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_Dasturlar_ijrosi_deputat_nazoratida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sariosiyo tumanida Investitsiya dasturi doirasida bunyod etilgan yangi ijtimoiy obektlar foydalanishga topshirilmoqda
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Kengash ish rejasi ijrosi va fuqarolar murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala “Sangardak” turizm majmuasida belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala LOCHIN MAHALLASIDA NURONIYLAR VA KO‘CHA BOSHLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Navbatdagi fuqarolar qabul o‘tkazildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala “Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi Tortuli mahallasida bunyodkorlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahalliy Kengashlar faoliyatida yangi samarali boshqaruv mexanizmlari joriy etilmoqda
янв.21
#_24_ta_masala #_162_ta_qonun #_deputat_faoliyati Bolajonlar tabassumi — barchamizning eng ulug‘ maqsadimiz!
SUHROB SAIFNAZAROV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA AXBOROT BERDI

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT SHAHAR KENGASHI DEPUTATI SUHROB SAIFNAZAROV 2026-YILNING IKKINCHI CHORAGI BO‘YICHA AXBOROT BERDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 43-“Do‘stlik” saylov okrugidan saylangan deputati Suhrob Saifnazarov Yangihayot tumanida saylovchilar bilan uchrashib, 2026-yilning ikkinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati, hududlarda olib borilgan o‘rganishlar hamda aholi murojaatlari bilan ishlash natijalari yuzasidan axborot berdi.

🤝 Yig‘ilishda Yangihayot tumani hokimligi mas’ul xodimlari, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i T.Karimova, Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi kotibiyati mudiri X.Dadabayev, 20-“Do‘stlik” saylov okrugi deputati I.Xudayqulov, kotibiyat bosh mutaxassislari, tuman deputatlari, mahalla raislari va fuqarolar ishtirok etdi.

📝 Axborotda 43-“Do‘stlik” saylov okrugiga Zarbdor, Al-Farg‘oniy, Chorbog‘, Yo‘ldosh, Viqor, Charog‘on, Do‘stlik, Chortoq, Toshkent, Fayzli, Binokor, Xo‘ja Uchqun, Jaloyir va Yangi Gulzor mahallalari kirishi qayd etildi.

🛣 Okrug hududidagi infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha katta hajmdagi ishlar bajarildi. Jumladan, Toshkent mahallasining Bog‘, Ko‘kcha, Markaziy va Baynalminal ko‘chalarida 11,5 ming kv.m, Fayzli mahallasida 7,3 ming kv.m, Yangi Gulzorda 4 ming kv.m, Binokorda esa 3 ming kv.m yo‘l qoplamalari ta’mirlandi.

⚙️ Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari ham Al-Farg‘oniy, Chorbog‘, Jaloyir, Viqor, Yo‘ldosh, Do‘stlik, Yangi Gulzor, Binokor va Chortoq mahallalarida davom ettirilib, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlari yaxshilandi.

🛗 Ko‘p qavatli uylar infratuzilmasi bo‘yicha Al-Farg‘oniy, Do‘stlik va Charog‘on mahallalaridagi qator 9 qavatli uylarning liftlari yangisiga almashtirilib, foydalanishga topshirildi.

🔺 Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida Toshkent, Binokor, Yo‘ldosh, Chortoq va Chorbog‘ mahallalaridagi gaz taqsimlash punktlari yangilandi. Tuman bo‘yicha 216 ta gaz taqsimlash punkti texnik ko‘rikdan o‘tkazildi, 21,8 km gaz quvurlari joriy ta’mirlanib bo‘yaldi, 144,8 km yerosti gaz quvurlari holati tekshirildi.

⚡️ Elektr ta’minotini yaxshilash doirasida okrug hududidagi 25 ta transformator punkti kapital ta’mirlandi. Jumladan, Al-Farg‘oniyda 6 ta, Chortoqda 7 ta, Yo‘ldoshda 5 ta hamda boshqa mahallalarda transformatorlar yangilandi. Shuningdek, o‘nlab transformator punktlarida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

🌳 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Yangihayot tumanida 2 746 tup manzarali daraxt va buta, 80 mingdan ortiq mavsumiy hamda ko‘p yillik gul ekildi. Toshkent mahallasida esa 25 ming dona xrizantema va lavanda ko‘chatlari yetishtirilmoqda.

🧹 Obodonlashtirish ishlari doirasida 30 km irrigatsiya tarmoqlari tozalandi, 1 100 tup daraxtga sanitariya shakli berildi, 985 ming kv.m hududda tozalash ishlari amalga oshirilib, 2 ming tonna chiqindi olib chiqildi.

🗣 Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan ichki yo‘llar, kommunal xizmatlar, obodonlashtirish, bandlik, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya va boshqa masalalar yuzasidan bildirilgan murojaat va takliflar mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda ko‘rib chiqilib, ijrosini deputatlik nazoratiga olish belgilandi.

✅ Suhrob Saifnazarov saylovchilar bilan muntazam ochiq muloqotni davom ettirish, hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholi murojaatlarini manzilli hal etish hamda amalga oshirilayotgan ishlar ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish ustuvor vazifa bo‘lib qolishini ta’kidladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10