Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati va deputatlar o‘rtasidagi doimiy hamkorlik deputatlik faoliyatining samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
🤝 Kotibiyat mudiri tomonidan deputatlarning faoliyati yuzasidan muntazam tahliliy ishlar olib borilib, ularning saylov okruglarida amalga oshirayotgan ishlari, fuqarolar murojaatlarini o‘rganishi, deputatlik nazorati tadbirlari hamda aholi bilan uchrashuvlari tahlil qilib borilmoqda.
📊 Ushbu tahlillar deputatlarning faoliyatini tizimli baholash, mavjud muammolarni aniqlash, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va kelgusidagi ishlarni yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi.
✅ Maqsad bitta — deputatlik faoliyatini kuchaytirish va xalq manfaatlariga xizmat qiladigan amaliy natijalarni ko‘paytirish!