35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
#_162_ta_qonun #_24_ta_masala #_deputat_faoliyati Xonadonbay o‘rganishlar davomida aholining murojaatlari o‘rganildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Obod mahalla — farovon hayot garovi!
янв.21
Haftalik_ish_reja_ijrosi #_doimiy_komissiya_faoliyati
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala “Shabnam” mahallasida obodonlashtirish ishlari va aholi murojaatlari o‘rganilmoqda
янв.21
#_162_ta_qonun #Huquqiy_axborot_soati
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Elektr ta’minoti — deputatlik nazoratida
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_kotibiyat_xodimi_faoliyati #_sessiya_kun_tartibiga_kiritilgan_masala Mahalla obodligi — deputat e’tiborida
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_162_ta_qonun Deputat ishtirokida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
#_162_ta_qonun Geografik obyektlarning nomlari – milliy qadriyat va tarixiy merosimiz ifodasi!
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala "Obod mahalla — farovon hayot poydevori!"
“Kimyogarlar o‘yingohi” hududidagi loyiha yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Qaxxarova tomonidan “Kalvak” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari X.Abdullayev va A.Adhamov tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

O‘rganish davomida ko‘cha boshi Tolipov Foziljon va mahalla faollari bilan suhbatlashilib, mahalla hududida joylashgan “Kimyogarlar o‘yingohi” bo‘yicha mavjud holat o‘rganildi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur o‘yingoh o‘rnida tadbirkorlik subyekti tomonidan ko‘p qavatli uy-joy qurish loyihasi bo‘yicha tashabbus bildirilgan. Biroq ushbu mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan mazkur loyiha yuzasidan norozilik va e’tirozlar bildirilgani ma’lum bo‘ldi.

Masala joyiga chiqib o‘rganilib, aholining fikr va mulohazalari tinglandi. Loyihaning hudud aholisi manfaatlariga ta’siri, mavjud o‘yingoh o‘rnidan foydalanish masalalari hamda qurilish bilan bog‘liq holatlarni batafsil ko‘rib chiqish zarurligi qayd etildi.

Mazkur masala deputat F.Qaxxarova nazoratiga olinib, mutasaddi tashkilotlarni jalb qilgan holda loyiha yuzasidan batafsil o‘rganish ishlarini olib borish hamda mavjud masalalarga tegishli tartibda yechim topish bo‘yicha kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6