35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputat so'rovi yuborildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Yangihayot mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
#_24_ta_masala #_deputat_faoliyati Fuqarolar murojaatlari – deputat e’tiborida
янв.21
#_162_ta_qonun Huquqiy_axborot_soati
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Sariosiyoda obodonlashtirish ishlarida deputatlar ham faol ishtirok etmoqda
янв.21
#_24_ta_masala #_deputat_faoliyati Yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va biriktirilgan tashkilot faoliyati – deputat nazoratida
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_162_ta_qonun Deputat nazoratida: mahalla faoliyati, qonun ijrosi va ijtimoiy islohotlar tahlil qilindi
янв.21
#_162_ta_qonun Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash toʻgʻrisida”
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Deputat nazorati doirasida "Xufar" mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Saylovchilar bilan ochiq muloqot: Yangihayot mahallasida navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi
DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB XATI OLINDI

 DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB XATI OLINDI

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Abdujalil Xasanov tomonidan “Ahil” MFY, “Orif Xatamov” ko‘chasi hududida elektr energiyasi iste’molining ortishi sababli mavjud transformator quvvati yetarli emasligi, natijada elektr ta’minotida uzilishlar va kuchlanish pasayishi kuzatilayotgani yuzasidan deputat so‘rovi yuborilgan edi.

📌 Mazkur deputat so‘roviga Olmazor tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish bo‘limi tomonidan rasmiy javob xati taqdim etildi.

🔎 Javob xatida qayd etilishicha, deputat so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan Olmazor tumani Elektr tarmoqlari bo‘limi tomonidan belgilangan tartibda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

✅ Mazkur masala deputat nazoratida bo‘lib, o‘rganish yakunlari va aniqlangan holatlarga ko‘ra tegishli choralar ko‘rilishi kutilmoqda.

📌 Deputat so‘rovi — aholi murojaatlarida ko‘tarilgan muammolarni tegishli tashkilotlar e’tiboriga yetkazish va ularning amaliy yechimini ta’minlashning muhim mexanizmidir.

Slide 1 of 1