Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputatlarining hududdagi tashkilot, muassasa va korxonalar bilan samarali hamkorligini ta’minlash maqsadida deputatlar tegishli idoralarga biriktirildi.
Mazkur tartib asosida deputat D.Mardonovaga:
- Fuqarolik ishlari bo‘yicha Pastdarg‘om tuman sudi
- Samarqand viloyati Adliya boshqarmasi Pastdarg‘om tuman adliya bo‘limi biriktirildi.
Hamkorlik doirasida deputat tomonidan mazkur tashkilotlar faoliyati bilan yaqindan tanishish, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish hamda qonunchilik ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan deputatlik nazorati olib boriladi.
Davlat organlari va mahalliy Kengash o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshiriladi.