Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
#_deputat_faoliyati Deputatlik nazorati amalda
янв.21
Nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_162_ta_qonun #_24_ta_masala Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etish — deputat nazoratidagi ustuvor vazifa
янв.21
#_deputat_faoliyati #_162_ta_qonun #_24_ta_masala “Niholzor” mahallasida yettilik faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
#_deputat_faoliyati #_162_ta_qonun #_24_ta_masala Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
#_Dasturlar_ijrosi_deputat_nazoratida Sariosiyo tumanida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari loyihalari doimiy nazoratda
янв.21
Deputat so'rovi yuborildi
янв.21
#162_ta_qonun KEKSALAR VA IJTIMOIY EHTIYOJMAND SHAXSLARGA IJTIMOIY XIZMATLAR TO‘G‘RISIDA QONUN
янв.21
#_deputat_faoliyati #_162_ta_qonun #_24_ta_masala Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi
Yosh sportchini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan deputatlik tashabbusi amaliy natija berdi.

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati, “Milliy Tiklanish” demokratik partiyasi a'zosi Saidova Shukrona To‘g‘tayevna tashabbusi bilan iqtidorli yosh sportchi Marsel Meznerni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Infratuzilma va barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 34 000 000 so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi.


Mazkur tashabbus Chilonzor tumani “Nafosat” mahallasida yashovchi fuqaro Galina Anatolyevnaning murojaati asosida ilgari surildi. U vasiyligida tarbiyalanayotgan nevarasi Marsel Meznerning Ispaniyaning Benidorm shahrida bo‘lib o‘tadigan Taekwon-do ITF bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasida ishtirok etishi uchun zarur xarajatlarni qoplashda amaliy yordam so‘rab deputatga murojaat qilgan edi.


Marsel Mezner ota-onasidan erta ayrilgan bo‘lib, bugungi kunda buvisi tarbiyasida voyaga yetmoqda. Shunga qaramay, u taekvondo sporti bilan muntazam shug‘ullanib, o‘zining mehnatsevarligi, qat'iyati va intilishi bilan respublika hamda xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etib, salmoqli yutuqlarga erishib kelmoqda.


Deputat Saidova Shukrona To‘g‘tayevna Yosh sportchining erishayotgan natijalari, kelgusidagi istiqboli hamda xalqaro maydonda yurtimiz sharafini munosib himoya qilish salohiyatini inobatga olgan holda Chilonzor tuman hokimligiga deputat so‘rovi kiritgan edi. Unda Marsel Meznerning xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi, mashg‘ulotlarini davom ettirishi hamda zarur sport anjomlari bilan ta'minlanishiga ko‘maklashish masalasi ilgari surildi.


Ushbu deputatlik tashabbusi Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining 2026-yil 3-iyul kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqildi va deputat tomonidan kiritilgan taklif deputatlar tomonidan bir ovozdan ma'qullandi. Sessiya qaroriga muvofiq, “Infratuzilma va barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan mablag' ajratilishi belgilandi.


Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etishi uchun zarur sharoit yaratish Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Yosh sportchimizga kelgusi musobaqalarda ulkan zafarlar tilaymiz!

Slide 1 of 5