Tashrif davomida bolalar va yoshlar uchun shakllantirilgan kitob fondi, zamonaviy mutolaa zallari, elektron axborot-resurslari, raqamli xizmatlar hamda kitobxonlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mas'ul xodimlar bilan muloqot chog‘ida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa ko‘nikmalarini rivojlantirish, axborot-kutubxona xizmatlari sifatini oshirish hamda zamonaviy ta'lim resurslaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Ta'kidlanganidek, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda axborot-kutubxona markazlarining o‘rni beqiyosdir.
Tashrif yakunida muassasa faoliyatini yanada takomillashtirish, kitobxonlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni kengaytirish hamda yoshlarni mutolaaga keng jalb etish bo‘yicha o‘zaro fikr va takliflar bildirildi.