Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputatlik nazorati amalda
янв.21
Nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
Tumanda “Mustaqillik to‘yi” harbiy-vatanparvarlik festivali o‘tkazildi
янв.21
Haftalik_ish_rejaning_ijrosi Tadbirkorlar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_162_ta_qonun #_24_ta_masala Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Viloyatda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari e'tiborda
янв.21
#_nazorat_tahlil_tadbiri_o'tkazildi Deputat tomonidan tashkilotda nazorat tadbiri o‘tkazildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_162_ta_qonun #_24_ta_masala Mahalla xodimlari faoliyati va qonunlar ijrosi deputat nazoratida
янв.21
#162_ta_qonun
Tinchlik va xavfsizlik nazoratda: "Jayhun" mahallasida profilaktika inspektori faoliyati tahlil qilindi
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov, Kengash deputati G.Abramatova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar shahardagi “Jayhun” mahallasida bo‘ldilar.

💬Mas’ullar tashrif davomida dastlab mahalla raisi bilan uchrashib, mahalla xodimlari va faollarining bugungi kundagi kunlik ish faoliyati, aholi bilan ishlash tizimi haqida atroflicha suhbatlashdilar.

💬Tashrif doirasida mahallada xavfsizlikni ta'minlashning eng muhim bo‘g‘ini bo‘lgan profilaktika inspektorining faoliyati tahlil qilindi.

💬Ushbu nazorat-tahlil jarayoni O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-371-sonli “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni talablari doirasida tashkil etilib, profilaktika inspektorining bugungi kundagi ish samaradorligi quyidagi yo‘nalishlar kesimida atroflicha ko‘rib chiqildi:

🟢Jinoyatchilikning oldini olish: Mahalla hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida profilaktika inspektori tomonidan amalga oshirilayotgan tizimli choralar, profilaktik tadbirlar va ularning amaldagi natijadorligi;

🟢Jamoat tartibini saqlash: Jamoat tartibini saqlash, fuqarolar osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash hamda mahalla hududida tinch muhitni yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘lami;

🟢"Xonadonbay" tizimi va maqsadli guruhlar bilan ishlash: Aholi, ayniqsa, yoshlar, tarbiyasi og‘ir o‘smirlar va profilaktik nazorat (hisob)da turuvchi shaxslar bilan olib borilayotgan tushuntirish-targ‘ibot ishlari, yakka tartibdagi suhbatlar hamda "xonadonbay" ishlash tizimining samaradorligi.

💬"Profilaktika inspektori mahallaning ko‘zi va qalqoni bo‘lishi shart. Har bir xonadonning sharoitidan xabardor bo‘lish, muammolarni nizoli vaziyatga yetmasdan oldin aniqlash va qonuniy choralar ko‘rish — asosiy vazifadir. Bu borada profilaktika inspektori mahalla raisi va boshqa faollar bilan doimiy va mustahkam hamkorlikda ishlashi lozim," — deya ta'kidladi Kengash raisi.

🫥O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, "mahalla yettiligi" va profilaktika inspektori hamkorligini yanada kuchaytirish hamda hududda jinoyatchilikdan xoli muhit yaratish yuzasidan mas’ullarga aniq tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Slide 1 of 1