Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Fuqarolar murojaatlari e'tiborda
янв.21
#_nazorat_tahlil_tadbiri_o'tkazildi Deputat tomonidan tashkilotda nazorat tadbiri o‘tkazildi
янв.21
#_deputat_faoliyati #_162_ta_qonun #_24_ta_masala Mahalla xodimlari faoliyati va qonunlar ijrosi deputat nazoratida
янв.21
#162_ta_qonun
янв.21
Vatan himoyachilari bilan deputat muloqoti
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar bilan tanishing
янв.21
Viloyatimizda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
#Deputat_faoliyati #96_ta_Qonunlar_targ'iboti
янв.21
Deputat so'rovi yuborildi
янв.21
Afrosiyob mahallasida amalga oshirilayotgan ishlari o‘rganildi
Olmazor tumanida rekonstruksiya qilingan 535-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi

Olmazor tumanida rekonstruksiya qilingan 535-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi

📍 Olmazor tumani "Mustaqil yurt" mahallasida to‘liq rekonstruksiya qilingan 535-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Olmazor tumani hokimi Kudratilla Tulyaganov, xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi Shaxnoza Umarxodjayeva, kotibiyat xodimlari, tegishli tashkilotlar vakillari, mahalla faollari hamda nuroniylar ishtirok etdilar.

🌟 Tadbir davomida rekonstruksiya ishlari natijasida muassasada zamonaviy, xavfsiz va qulay shart-sharoitlar yaratilgani, bolalarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi, ularning intellektual va jismoniy rivojlanishini ta’minlash uchun barcha zarur imkoniyatlar yaratilgani alohida ta’kidlandi. Ilk bor 1981-yilda barpo etilgan ushbu muassasa bugungi kunda mutlaqo zamonaviy qiyofa kasb etdi. Yangilangan maskan 420 nafar bolajonni o‘z bag‘riga olish imkoniyatiga ega. Bog‘chada bolalarning xavfsiz va shinam muhitda ta’lim-tarbiya olishi uchun barcha qulayliklar yaratilgan. 

⚡️ So‘zga chiqqanlar tomonidan maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani qayd etildi.

✨ Tadbir yakunida mehmonlar muassasada yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, ushbu loyiha mahalla aholisi, ayniqsa, jajji tarbiyalanuvchilar va ularning ota-onalari uchun munosib tuhfa bo‘lganini e’tirof etdilar.

Slide 1 of 10