Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi 6-Beshkapa saylov okrugidan saylangan deputat X.Xafizov nomidan Kotibiyat bosh mutaxassisi B.Ortiqboyev 2026-yil 30-iyun kuni Kengash ish rejasiga muvofiq, tumandagi Markaziy kutubxonada bo‘lib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
📝 O‘rganish davomida kutubxona fondida jami 62 234 nusxadagi adabiyotlar mavjudligi aniqlandi.
📊 Mazkur o‘rganish natijasida kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda kitobxonlar sonini ko‘paytirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.