Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputat so‘rovi orqali qilingan murojaat ijobiy hal qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 18-22-may kunlariga amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 12-15-may kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi HAFTA DAYJESTI
янв.21
#Deputat_faoliyati #Xalqaro_oila_kuni
янв.21
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING “KIBERXAVFSIZLIK TOʻGʻRISIDA”GI QONUNI
янв.21
#GenderTenglik #Qonun
янв.21
Deputat so'rovi yuborildi
янв.21
️ Hafta sarhisobi va joriy haftada qilinadigan ishlar rejasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Deputat so‘rovi orqali qilingan murojaat ijobiy hal qilindi
янв.21
Xalq bilan muloqot: "Terakzor" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

️ Kun tartibidagi asosiy masala — “Xalq murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi masala yuzasidan tuman hokimining Ijro intizomi bo‘yicha ma’sul xodimining hisoboti eshitildi.

️ Bugungi kunda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash-davlat organlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Aholini qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, murojaatlarni tezkor va sifatli ko‘rib chiqish, ularning yechimini ta’minlash orqali xalq bilan ochiq va samimiy muloqotni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Yig‘ilish davomida murojaatlar bilan ishlashda mavjud muammolar va kamchiliklar tahlil qilinib, ayrim holatlarda murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlariga rioya etilmayotgani, buning oqibatida esa tegishli mas'ullarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llanilgani qayd etib o‘tildi. Shu bilan birga, murojaatlar tahlili asosida hududlarda eng ko‘p uchrayotgan muammolarni aniqlash, ularni tizimli ravishda bartaraf etish hamda takroriy murojaatlar sonini kamaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Komissiya a’zolari tomonidan jamoatchilik fikrini muntazam o‘rganish, fuqarolarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, aholi bilan ochiq muloqot platformalarini kengaytirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish yuzasidan takliflar bildirildi.

️ Shuningdek, davlat organlari va mas’ul tashkilotlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsion holatlarning oldini olish, xizmat ko‘rsatish sifati va murojaatlar bilan ishlash madaniyatini yanada oshirish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rish lozimligi ta’kidlandi.
Slide 1 of 3