Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputat so‘rovi orqali qilingan murojaat ijobiy hal qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 18-22-may kunlariga amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 12-15-may kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi HAFTA DAYJESTI
янв.21
#Deputat_faoliyati #Xalqaro_oila_kuni
янв.21
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING “KIBERXAVFSIZLIK TOʻGʻRISIDA”GI QONUNI
янв.21
#GenderTenglik #Qonun
янв.21
Deputat so'rovi yuborildi
янв.21
️ Hafta sarhisobi va joriy haftada qilinadigan ishlar rejasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Deputat so‘rovi orqali qilingan murojaat ijobiy hal qilindi
янв.21
Xalq bilan muloqot: "Terakzor" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi.
#Deputat_faoliyati
#Deputat_faoliyati

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Zaripova tomonidan ijtimoiy reestrga kiritilgan yakka tartibda ta’lim olayotgan o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda ta’lim sifati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida yakka tartibda ta’limga jalb etilgan o‘quvchilarning dars mashg‘ulotlari qanday tashkil etilgani, ularga ajratilgan o‘quv soatlari, o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlanganlik holati, pedagog xodimlarning dars o‘tish sifati hamda o‘quvchilarning bilim darajasi atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, o‘quvchilarning bilim olishlari uchun yaratilgan qulay sharoitlar, ularning darslarga qamrovi, o‘quv jarayonidagi ishtiroki hamda individual yondashuv asosida olib borilayotgan ta’lim samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi. Ta’lim jarayonida zamonaviy metodlardan foydalanish, o‘quvchilarning qiziqishi va ehtiyojidan kelib chiqib mashg‘ulotlarni tashkil etish masalalari ham muhokama qilindi.

O‘rganish davomida ota-onalar bilan ham suhbat o‘tkazilib, farzandlarning ta’lim olishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, mavjud muammo va takliflar tinglandi.
Ta’kidlanganidek, har bir bolaning sifatli ta’lim olishi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 
Slide 1 of 3