Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputat so‘rovi orqali qilingan murojaat ijobiy hal qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 18-22-may kunlariga amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 12-15-may kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi HAFTA DAYJESTI
янв.21
#Deputat_faoliyati #Xalqaro_oila_kuni
янв.21
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING “KIBERXAVFSIZLIK TOʻGʻRISIDA”GI QONUNI
янв.21
#GenderTenglik #Qonun
янв.21
Deputat so'rovi yuborildi
янв.21
️ Hafta sarhisobi va joriy haftada qilinadigan ishlar rejasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Deputat so‘rovi orqali qilingan murojaat ijobiy hal qilindi
янв.21
Xalq bilan muloqot: "Terakzor" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi.
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Kamolova tomonidan “Aytim” MFY hududida faoliyat yuritayotgan “Saxro Gulshani 2022” BSK (MChJ) faoliyati hamda ko‘p qavatli uylarning infratuzilma holati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish jarayonida:
▫️ ko‘p qavatli uylar ichki yo‘laklari (pod’ezdlari);
▫️ yerto‘lalarning sanitariya holati;
▫️ hududlarning tozaligi va obodonlashtirilishi;
▫️ tungi yoritish tizimlari;
▫️ aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

🏢 Mazkur “Saxro Gulshani 2022” BSK (MChJ) tomonidan “Aytim” mahallasidagi jami 59 ta ko‘p qavatli uyga xizmat ko‘rsatilib, 1520 ta xonadonda istiqomat qilayotgan 5698 nafar fuqaroga xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.

💬 O‘rganish davomida aholi bilan suhbatlar o‘tkazilib, mavjud muammo va takliflar tinglandi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, sanitariya va obodonlashtirish ishlarini yanada kuchaytirish, hududlarda qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 6