Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputat so‘rovi orqali qilingan murojaat ijobiy hal qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 18-22-may kunlariga amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 12-15-may kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi HAFTA DAYJESTI
янв.21
#Deputat_faoliyati #Xalqaro_oila_kuni
янв.21
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING “KIBERXAVFSIZLIK TOʻGʻRISIDA”GI QONUNI
янв.21
#GenderTenglik #Qonun
янв.21
Deputat so'rovi yuborildi
янв.21
️ Hafta sarhisobi va joriy haftada qilinadigan ishlar rejasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Deputat so‘rovi orqali qilingan murojaat ijobiy hal qilindi
янв.21
Xalq bilan muloqot: "Terakzor" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi.
Soliq inspektori faoliyati o‘rganildi.

 Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolov va bosh mutaxassis J.Norovlar tomonidan “Jondor” mahallasida faoliyat yuritayotgan soliq inspektorining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish holati tahlil qilindi.

           O‘rganish jarayonida mahallada soliq tushumlarini oshirish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qonuniy yuritilishiga ko‘maklashish, norasmiy bandlikni qisqartirish hamda aholi bilan ishlash samaradorligi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

           “Jondor” mahallasida joriy yilda aholidan olinadigan yer va mol-mulk soliq to‘lovchilari 987 ta ni tashkil qilib, 513 mln so‘mlik soliq to‘lanishi belgilangan. Bugungi kungacha soliq tushumlalari 182 mln so‘mni tashkil qilgan.

           Shuningdek, soliq inspektori tomonidan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, yangi tadbirkorlik subyektlarini aniqlash va ularni ro‘yxatdan o‘tkazishga ko‘maklashish borasidagi faoliyatiga ham alohida e’tibor qaratildi.

           Bu borada 4 ta yangidan umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish shaxobchalari tashkil qilinib, 17 nafar fuqaro ish bilan ta’minlangan. Shuningdek, 3 ta yakka tartibda savdo faoliyati ko‘rsatuvchi tadbirkorlar yangidan soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatga olingan. Joriy yilda yer va mol-mulk soliq to‘lovchilari bo‘yicha 23 mln qo‘shimcha manba aniqlangan.

           Tahlil davomida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya hamda takliflar bildirildi. Deputatlar tomonidan hududda iqtisodiy faollikni yanada oshirish, soliq madaniyatini mustahkamlash va aholi bandligini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. 

   

                                                                                                     

Slide 1 of 4