Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputat so‘rovi orqali qilingan murojaat ijobiy hal qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 18-22-may kunlariga amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 12-15-may kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi HAFTA DAYJESTI
янв.21
#Deputat_faoliyati #Xalqaro_oila_kuni
янв.21
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING “KIBERXAVFSIZLIK TOʻGʻRISIDA”GI QONUNI
янв.21
#GenderTenglik #Qonun
янв.21
Deputat so'rovi yuborildi
янв.21
️ Hafta sarhisobi va joriy haftada qilinadigan ishlar rejasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Deputat so‘rovi orqali qilingan murojaat ijobiy hal qilindi
янв.21
Xalq bilan muloqot: "Terakzor" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi.
Oltinsoy tumani tarixi

Kitobni nashr etishdan asosiy maqsad — Oltinsoy tumanining ko‘p asrlik tarixi va boy ma’naviy merosini ilmiy asosda tadqiq qilish, arxiv hujjatlari, tarixiy manbalar, xalq og‘zaki ijodi va mahalliy aholining xotiralari asosida tuman haqida mukammal manba yaratishdan iboratdir. Shuningdek, mazkur asar yosh avlodni vatanparvarlik, milliy g‘urur va ajdodlar merosiga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. 

Kitobda quyidagi yo‘nalishlar keng yoritilishi rejalashtirilgan:  

Oltinsoy tumanining geografik joylashuvi va tabiiy sharoiti;  

Qadimgi aholi manzilgohlari va arxeologik yodgorliklar;

Tumanning tashkil topish tarixi;  

Mustaqillik yillaridagi taraqqiyot va islohotlar;

Qishloq xo‘jaligi, sanoat, ta’lim va madaniyat sohalari rivoji;  

Mashhur olimlar, ziyolilar, mehnat faxriylari va jamoat arboblari haqida ma’lumotlar;  

Urf-odatlar, milliy qadriyatlar va xalq og‘zaki ijodi namunalari.  

Asar ilmiy-ommabop uslubda yozilib, tarixchilar, o‘qituvchilar, talabalar, o‘quvchilar hamda keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallanadi. Kitobdan ta’lim muassasalarida o‘quv qo‘llanma sifatida ham foydalanish mumkin. 

Mazkur kitobni chop etish Oltinsoy tumani tarixi bo‘yicha muhim ilmiy manba yaratish bilan birga, hududning madaniy va ma’naviy hayotini yanada boyitishga xizmat qiladi. Shu bois, kitobni yuqori sifatda nashr qilish, uni keng jamoatchilikka yetkazish va ta’lim muassasalari, kutubxonalar hamda ilmiy markazlarga tarqatish muhim ahamiyatga egadir. 

Kitobni tayyorlash jarayonida arxiv hujjatlari, tarixiy manbalar, suratlar, xaritalar va mahalliy aholi bilan suhbatlardan foydalanilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu asarning ilmiy qimmati va ishonchliligini yanada oshiradi. 

Ushbu kitob Oltinsoy tumanining kechmishi va bugunini o‘zida mujassam etgan, kelajak avlod uchun munosib ma’naviy meros bo‘lib xizmat qiladigan muhim tarixiy asar sifatida qadrlanadi. 

  ️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati  

Slide 1 of 10