Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputat so‘rovi orqali qilingan murojaat ijobiy hal qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 18-22-may kunlariga amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 12-15-may kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi HAFTA DAYJESTI
янв.21
#Deputat_faoliyati #Xalqaro_oila_kuni
янв.21
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING “KIBERXAVFSIZLIK TOʻGʻRISIDA”GI QONUNI
янв.21
#GenderTenglik #Qonun
янв.21
Deputat so'rovi yuborildi
янв.21
️ Hafta sarhisobi va joriy haftada qilinadigan ishlar rejasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Deputat so‘rovi orqali qilingan murojaat ijobiy hal qilindi
янв.21
Xalq bilan muloqot: "Terakzor" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi.
🔰Jizzax shahridagi o‘rganish natijalari deputatlar va ekspertlar ishtirokida muhokama qilindi.

Joriy yilning 13 may kuni xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari boshchiligidagi ishchi guruh Jizzax shahrida o‘rganish ishlari natijalari yuzasidan, Jizzax viloyat Kengashi majlislar zalida xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputatlari, Kengashning ekspert guruhi aʼzolari va yoshlar maslahat guruhi aʼzolari ishtirokida atroflicha muhokama etildi.

Muhokamada xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputatlari ishtirokida “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorlik doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2025 yil 14 yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori ijrosiga alohida to‘xtaldi.

Jumladan, mazkur qarorning Jizzax shahri mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ijrosi holati tahlil qilinib, hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar aholi tomonidan ko‘tarilayotgan muammolar, ularning yechimlari yuzasidan muammo va takliflarini tingladilar.

Shuningdek, muhokama jarayonida aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, hududlardagi infratuzilma muammolarini bartaraf etish, yoshlar bandligini taʼminlash hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Ishchi guruh tomonidan o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, mahallalarda “mahalla yettiligi” faoliyatini yana-da kuchaytirish, deputatlik nazoratini samarali tashkil etish hamda aholi bilan muloqotlarni tizimli ravishda olib borish zarurligi taʼkidlandi.

Yig‘ilish yakunida bildirilgan taklif va mulohazalar asosida kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi hamda masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi. 

Slide 1 of 5