Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputat so‘rovi orqali qilingan murojaat ijobiy hal qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 18-22-may kunlariga amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 12-15-may kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi HAFTA DAYJESTI
янв.21
#Deputat_faoliyati #Xalqaro_oila_kuni
янв.21
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING “KIBERXAVFSIZLIK TOʻGʻRISIDA”GI QONUNI
янв.21
#GenderTenglik #Qonun
янв.21
Deputat so'rovi yuborildi
янв.21
️ Hafta sarhisobi va joriy haftada qilinadigan ishlar rejasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Deputat so‘rovi orqali qilingan murojaat ijobiy hal qilindi
янв.21
Xalq bilan muloqot: "Terakzor" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi.
“Yashil makon” – kelajak avlod uchun ekologik mas’uliyat maktabi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati


❗️“Yashil makon” – kelajak avlod uchun ekologik mas’uliyat maktabi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Umid Sanaqulov tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Shayxontohur tumanidagi 588-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi. Mazkur ekologik tashabbus atrof-muhitni asrash, yashil hududlarni kengaytirish hamda yosh avlod qalbida tabiatga mehr-muhabbat va ekologik madaniyatni shakllantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

🌿 Tadbirda tuman deputatlari, ijtimoiy soha vakillari, mahalla faollari, ta’lim muassasasi jamoasi hamda tarbiyalanuvchilar faol ishtirok etdi. Hamjihatlik ruhida o‘tgan jarayonda hududga manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekilib, ta’lim maskani atrofidagi yashil maydonlarni yanada kengaytirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi.

🪴 Tadbir davomida ekologik muhitni yaxshilash, shahar hududlarida yashillik ko‘lamini oshirish, iqlim o‘zgarishlarining salbiy oqibatlarini kamaytirish hamda bolalarda tabiatni asrashga bo‘lgan mas’uliyat hissini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu kabi tashabbuslar nafaqat bugungi kun ekologik muammolariga yechim, balki kelajak avlod uchun sog‘lom va musaffo muhit yaratish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri ekani ta’kidlandi.

🤝 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Umid Sanaqulov tomonidan yashil hududlarni ko‘paytirish, mahallalarda ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda aholini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga keng jalb etish borasidagi tashabbuslar izchil davom ettirilishi qayd etildi.

🌱 Yakunda sof havo, musaffo tabiat va yashil kelajakni barpo etish yo‘lida har bir ekilgan nihol ertangi kun uchun muhim sarmoya ekani, tabiatni asrash esa jamiyatning umumiy mas’uliyati ekani alohida ta’kidlandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 5