Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Faol ayollar bilan muloqot va muhim masalalar muhokamasi

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati I. Kodirova O‘zbekiston mahallasida istiqomat qiluvchi Karayeva Mamlakat hoji ona xonadonida bo‘ldi.

Uchrashuvda faol ayollar ishtirok etib, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish va ijtimoiy muammolarini hal etish masalalari muhokama qilindi.

Deputat tomonidan tegishli tavsiyalar berilib, ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 3