Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputat so‘rovi orqali qilingan murojaat ijobiy hal qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 18-22-may kunlariga amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 12-15-may kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi HAFTA DAYJESTI
янв.21
#Deputat_faoliyati #Xalqaro_oila_kuni
янв.21
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING “KIBERXAVFSIZLIK TOʻGʻRISIDA”GI QONUNI
янв.21
#GenderTenglik #Qonun
янв.21
Deputat so'rovi yuborildi
янв.21
️ Hafta sarhisobi va joriy haftada qilinadigan ishlar rejasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Deputat so‘rovi orqali qilingan murojaat ijobiy hal qilindi
янв.21
Xalq bilan muloqot: "Terakzor" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi.
Deputatlik so‘rovi o‘z samarasini berdi: "Sharq yulduzi"da infratuzilma yaxshilanadi

Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashining 2026-yil 30-apreldagi qarori bilan hududdagi ko‘p yillik muammoga amaliy yechim topildi. 13-Sharq yulduzi saylov okrugi deputati M.Isroilova o‘z saylovchilari bilan muloqot davomida "Sharq yulduzi" mahallasidagi Tinchlik va A.Qahhor ko‘chalarida oqova suv tizimi yo‘qligi sababli aholi xonadonlarida sanitariya sharoitlarini yaxshilash imkonsiz ekanligini aniqlagan edi.

Deputat tomonidan yuborilgan so‘rov va takliflar tuman Kengashi sessiyasida atroflicha ko‘rib chiqildi. Natijada, markazlashgan kanalizatsiya tizimini qurish uzoq vaqt va katta mablag‘ talab etishi inobatga olinib, deputat taklifiga ko‘ra dastur parametrlariga o‘zgartirish kiritildi.

Qabul qilingan qarorning asosiy natijalari:

- Dasturda rejalashtirilgan pillaxona binosi qurilishi bekor qilindi.

- Ushbu loyiha o‘rniga, aholi xonadonlaridagi oqova suv muammosini hal etish va qulaylik yaratish maqsadida og‘ir hududlarda zamonaviy umumiy xojatxonalar quriladigan bo‘ldi.

Slide 1 of 3