Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Tumanda “Yoshlar ovozi — Bo‘zatov Fest 2026” tanlovi o‘tkazildi.
янв.21
#_Deputat_faoliyati Ijtimoiy sohaga aloqador loyihalar va nazorat ishlari
янв.21
#_Deputat_faoliyati Kitob — bilim manbai: maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
#_Deputat_faoliyati Sariosiyo tumani “Niholzor” mahallasida jinoyatchilikni oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash masalasida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi tomonidan tadbirkorlar murojaatlari ko‘rib chiqildi
янв.21
Hududlarni rivojlantirish va aholi muammolarini hal etish — ustuvor vazifa
янв.21
#_Deputat_faoliyati Nuroniylar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
#_Deputat_faoliyati "Niholzor" mahallasining hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
HOKIM VA DEPUTAT
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — doimiy e’tiborda
Ko‘p qavatli uylarda liftlar holati o‘rganildi

Ko‘p qavatli uylarda liftlar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputatlari N. Irgasheva, N. Xudayqulova, G. Xasanova va M. Eshniyozovlar tomonidan Navoiy shahridagi “Humo” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan ko‘p qavatli uylardagi liftlarning texnik holati va ularning uzluksiz ishlashini ta’minlash masalalari o‘rganildi.

Mazkur o‘rganish ishlari “Mustang Oq Tulpor” boshqaruv servis kompaniyasi va mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Unda ko‘p qavatli uylarda istiqomat qilayotgan aholi uchun muhim bo‘lgan lift xo‘jaligining bugungi holati, ularning texnik xizmat ko‘rsatish sifati hamda xavfsizlik talablariga rioya etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida deputatlar bir qator uylarda bo‘lib, liftlarning ishlash holatini joyida ko‘zdan kechirdilar. Shuningdek, aholi bilan muloqot o‘tkazilib, ularning bu boradagi fikr-mulohazalari va mavjud muammolari tinglandi. Ayrim holatlarda liftlarning eskirgani, ehtiyot qismlar ta’minotidagi uzilishlar va profilaktik xizmat ko‘rsatish ishlarining o‘z vaqtida bajarilmayotgani qayd etildi.

Shu bilan birga, mas’ul tashkilotlar tomonidan liftlarni bosqichma-bosqich ta’mirlash, zamonaviylashtirish hamda ularning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi. Deputatlar esa aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, liftlarning uzluksiz va xavfsiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berib, bu masala doimiy nazoratda bo‘lishini ta’kidladilar.

Ta’kidlanishicha, ko‘p qavatli uylarda liftlarning barqaror ishlashi aholining kundalik hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar sifatini oshirish, xizmat ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish va aholi murojaatlariga tezkorlik bilan javob qaytarish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Mazkur o‘rganish tadbiri aholi uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish, kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan muhim amaliy qadam bo‘ldi.

Slide 1 of 3