Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Tumanda “Yoshlar ovozi — Bo‘zatov Fest 2026” tanlovi o‘tkazildi.
янв.21
#_Deputat_faoliyati Ijtimoiy sohaga aloqador loyihalar va nazorat ishlari
янв.21
#_Deputat_faoliyati Kitob — bilim manbai: maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
#_Deputat_faoliyati Sariosiyo tumani “Niholzor” mahallasida jinoyatchilikni oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash masalasida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi tomonidan tadbirkorlar murojaatlari ko‘rib chiqildi
янв.21
Hududlarni rivojlantirish va aholi muammolarini hal etish — ustuvor vazifa
янв.21
#_Deputat_faoliyati Nuroniylar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
#_Deputat_faoliyati "Niholzor" mahallasining hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
HOKIM VA DEPUTAT
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — doimiy e’tiborda
Tuproqqal’a tumanida bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati A. Ahmedov tomonidan 18-Oybek saylov okrugi hududida aholini bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida Sayapr mahallasida joylashgan “Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika”ning Sayapr filialida jami 4 757 nafar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatilayotgani aniqlandi. Shundan 2 344 nafarini ayollar tashkil etadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-iyundagi 382-sonli qaroriga muvofiq, ya’ni birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalarida davlat byudjeti hisobidan qoplanadigan kafolatlangan tibbiy yordam hajmlariga asosan, hozirda 127 nafar fuqaroga bepul dori vositalari yetkazib berilayotgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur o‘rganish davomida aholining dori-darmonlarga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. 

Slide 1 of 1