Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

📌 Deputatlar va maktab jamoasi ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 1-Zarabog‘ saylov okrugi deputati X. Xojidinov tomonidan “Zarobog‘” mahallasida joylashgan 32-sonli umumta’lim maktabida uchrashuv o‘tkazildi.

🏫 Uchrashuv davomida maktab rahbariyati bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ta’lim sifati, mavjud shart-sharoitlar hamda muammolar atroflicha muhokama qilindi.

📝 Bildirilgan muammo va takliflar tegishli tartibda o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi va nazoratga olindi.

🤝 Mazkur uchrashuv hududda ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, o‘quvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish hamda muammolarni o‘z vaqtida hal etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2