Xalq deputatlari Hazorasp tuman Kengashi deputati Xasanova Shoira Shavkatovna tomonidan o‘zi saylangan okrug — Aloqali ko‘l mahallasida xotin-qizlar muammolarini o‘rganish maqsadida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
📆O‘rganish jarayonida mahalladagi xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, ularni qiynayotgan muammolar, bandlik masalalari hamda oilaviy sharoitlari atroflicha tahlil qilindi.
📁Shuningdek, ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar bilan individual suhbatlar o‘tkazilib, ularning murojaatlari tinglandi.
📝Aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rildi. Xususan, ayrim xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga amaliy ko‘mak berish hamda mavjud muammolarni joyida ijobiy hal etish bo‘yicha aniq ishlar amalga oshirildi.
✅Mazkur o‘rganish ishlari xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni samarali hal etish, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish hamda ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.