Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Deputat so‘rovi orqali qilingan murojaat ijobiy hal qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 18-22-may kunlariga amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 12-15-may kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi HAFTA DAYJESTI
янв.21
#Deputat_faoliyati #Xalqaro_oila_kuni
янв.21
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING “KIBERXAVFSIZLIK TOʻGʻRISIDA”GI QONUNI
янв.21
#GenderTenglik #Qonun
янв.21
Deputat so'rovi yuborildi
янв.21
️ Hafta sarhisobi va joriy haftada qilinadigan ishlar rejasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
янв.21
Deputat so‘rovi orqali qilingan murojaat ijobiy hal qilindi
янв.21
Xalq bilan muloqot: "Terakzor" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi.
Kengash_faoliyati

🏛 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI: AMALIY NATIJALAR VA ISTIQBOLLIK REJALAR

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 12-Obod yurt saylov okrugi deputati N.Allamuratova tomonidan “Obod yurt” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar va aholi murojaatlari ijrosi o‘rganildi.

🤝 Hamjihatlik – Taraqqiyot Garovi

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi Farmoni asosida tashkil etilgan “Mahalla yettiligi” tizimining samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Subsidiya – Daromad Manbai

Deputat va mahalla faollari mahalla raisi hamda hokim yordamchisi tavsiyasi bilan subsidiya asosida zamonaviy tikuv mashinasi, overlok va dazmol jihozlari olgan Saodat Rajabovnaning xonadonida bo‘lishdi.

"Ilgari ishsiz edim, bugun esa davlatimiz ko‘magi bilan o‘z xonadonimda tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ydim. Bu nafaqat oilaviy daromadimizni oshirdi, balki o‘zimni jamiyatda kerakli inson deb his qilishimga sabab bo‘ldi," — deydi xonadon sohibasi.

✅ Tahlil va Tavsiyalar

O‘rganish yakunida N.Allamuratova tomonidan mahalla yettiligi faoliyati samaradorligi tahlil qilindi. Deputat mavjud imkoniyatlardan yanada unumli foydalanish, aholi bandligini ta’minlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha quyidagi tavsiyalarni berdi:

✅Muammolarni xonadonbay aniqlash: Har bir xodim o‘z yo‘nalishi bo‘yicha aholi bilan yaqin muloqotda bo‘lishi;

✅Imkoniyatlardan foydalanish: Davlat tomonidan berilayotgan imtiyoz va subsidiyalarni haqiqiy egalariga yetkazish;

✅Hamkorlikni kuchaytirish: Yettilikning har bir a’zosi yagona maqsad — aholi farovonligi yo‘lida birlashishi.

Maqsadimiz bitta: Mahallani jinoyatchilikdan xoli, tadbirkorlik rivojlangan va aholisi rozi bo‘lgan hududga aylantirish!

Slide 1 of 1