Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Tumanda “Yoshlar ovozi — Bo‘zatov Fest 2026” tanlovi o‘tkazildi.
янв.21
#_Deputat_faoliyati Ijtimoiy sohaga aloqador loyihalar va nazorat ishlari
янв.21
#_Deputat_faoliyati Kitob — bilim manbai: maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
#_Deputat_faoliyati Sariosiyo tumani “Niholzor” mahallasida jinoyatchilikni oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash masalasida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi tomonidan tadbirkorlar murojaatlari ko‘rib chiqildi
янв.21
Hududlarni rivojlantirish va aholi muammolarini hal etish — ustuvor vazifa
янв.21
#_Deputat_faoliyati Nuroniylar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
#_Deputat_faoliyati "Niholzor" mahallasining hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
HOKIM VA DEPUTAT
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — doimiy e’tiborda
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: mahallalarda hamkorlikni kuchaytirishga e’tibor

Saylovchilar bilan ochiq muloqot: mahallalarda hamkorlikni kuchaytirishga e’tibor

Joriy yilning 14 mart kuni Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Irgasheva Nilufar Uralovna tomonidan Tinchlik mahalla fuqarolari yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025 yil 14 yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek mahallalarda “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.Uchrashuvda mahalla faollari, “mahalla yettiligi” a’zolari, nuroniylar, yoshlar hamda tegishli tashkilot va idoralar vakillari ishtirok etdilar. Tadbir davomida qarorning mazmun-mohiyati, uning ahamiyati va hududlarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.Deputat Nilufar Irgasheva o‘z so‘zida mazkur qaror mahallalardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni tizimli hal etish, aholining turmush sharoitini yanada yaxshilash, fuqarolar bilan yaqin muloqotni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Shuningdek, “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni kuchaytirish orqali hududlardagi dolzarb muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishda samarali natijalarga erishish mumkinligi qayd etildi.Uchrashuv davomida mahalla aholisi tomonidan bir qator dolzarb masalalar ko‘tarildi. Xususan, mahallada obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish, yo‘l va kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, yoshlar bilan ishlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash kabi masalalar yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.Deputat tomonidan fuqarolarning har bir murojaati diqqat bilan tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy chora-tadbirlar ko‘rish belgilandi. Ayrim masalalar bo‘yicha qo‘shimcha o‘rganish olib borilishi, muammolarni bartaraf etish esa nazoratga olinishi ta’kidlandi.Uchrashuv yakunida bunday muloqotlar aholi bilan doimiy aloqani mustahkamlash, mahalladagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni samarali hal etishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi. Shuningdek, mahallalarda “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni kuchaytirish orqali hududlarni yanada obod va farovon qilishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 6