Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Tumanda “Yoshlar ovozi — Bo‘zatov Fest 2026” tanlovi o‘tkazildi.
янв.21
#_Deputat_faoliyati Ijtimoiy sohaga aloqador loyihalar va nazorat ishlari
янв.21
#_Deputat_faoliyati Kitob — bilim manbai: maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
#_Deputat_faoliyati Sariosiyo tumani “Niholzor” mahallasida jinoyatchilikni oldini olish va jamoat xavfsizligini ta’minlash masalasida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi tomonidan tadbirkorlar murojaatlari ko‘rib chiqildi
янв.21
Hududlarni rivojlantirish va aholi muammolarini hal etish — ustuvor vazifa
янв.21
#_Deputat_faoliyati Nuroniylar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
#_Deputat_faoliyati "Niholzor" mahallasining hokim yordamchisi faoliyati tahlil qilindi
янв.21
HOKIM VA DEPUTAT
янв.21
Fuqarolar murojaatlari — doimiy e’tiborda
Deputat faoliyati – xalq ishonchi va amaliy natijalar ifodasi

Deputat faoliyati – xalq ishonchi va amaliy natijalar ifodasi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Xudayqulova Nargiza Gaybullaevna 14-Ziyokor saylov okrugida 2025 yilda amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi.

Ta’kidlanganidek, deputat tomonidan yil davomida saylovchilar bilan muntazam uchrashuvlar, ochiq muloqotlar tashkil etilib, fuqarolarning murojaat va takliflari atroflicha o‘rganildi. Kelib tushgan murojaatlarning asosiy qismi kommunal soha, yo‘l infratuzilmasi, bandlik, ijtimoiy yordam va obodonlashtirish masalalariga oid bo‘lib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rildi.

Xususan, hududdagi ichki yo‘llarni ta’mirlash, ko‘cha yoritish tarmoqlarini yaxshilash, ko‘p qavatli uylar atrofini obodonlashtirish, ichimlik suvi va sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha manzilli ishlar amalga oshirildi. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, kam ta’minlangan oilalarga amaliy yordam ko‘rsatish masalalari doimiy e’tiborda bo‘ldi.Shuningdek, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish borasida qator uchrashuv va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport va madaniy tadbirlarga keng jalb qilish yuzasidan ham tegishli takliflar ilgari surildi.Deputat o‘z faoliyatida saylovchilar manfaatini ustuvor deb bilishini, har bir murojaat e’tibordan chetda qolmasligini alohida qayd etdi. Hududni yanada obod va farovon maskanga aylantirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Navoiy shahar  Kengashi deputati,

Xudayqulova Nargiza Gaybullayevna

Slide 1 of 5