Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish deputat nazoratida
янв.21
“Madad” nodavlat notijorat tashkilotining tumandagi vakili bilan suhbat
янв.21
Hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish-deputat nazoratida
янв.21
Deputat “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorlikda ish yuritmoqda
янв.21
“MAHALLA YETTILIGI” BILAN OʻZARO HAMKORLIKNI KUCHAYTIRISH
янв.21
Ijro hokimiyati va mahalliy Kengash deputatlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik
янв.21
Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish deputat nazoratida
янв.21
Deputatlar tomonidan nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda
янв.21
Sariosiyo dehqon (oziq-ovqat) bozori va bozorga tutash hududlarini tartibga keltirish hamda obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
янв.21
Yoshlar-bizning kelajagimiz
Deputat G.Xudoyarova maxsus maktab-internat faoliyati bilan tanishdi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati mudiri, deputat G.Xudoyarova Zarbdor tumanidagi zaif eshituvchi bolalar maxsus maktab-internatiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida muassasada yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayonining tashkil etilishi, o‘quvchilarning yashash va ovqatlanish sharoitlari o‘rganildi. Shuningdek, ta’lim muassasasida faoliyat yuritayotgan surdopedagog va mutaxassis o‘qituvchilar bilan suhbat o‘tkazilib, o‘quvchilarning bilim olishi, nutqini rivojlantirish va kasb-hunar ko‘nikmalarini shakllantirish borasidagi ishlar muhokama qilindi.

Deputat tomonidan mavjud muammolar va takliflar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Ta’lim sifatini oshirish va moddiy-texnik bazani mustahkamlash masalalari alohida e’tiborga olindi.

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi tomonidan ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini o‘rganish, aholi manfaatlarini va ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 6