Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«Toshrabot» mahallasida 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi
янв.21
Deputatlar va yoshlar uchrashuvi: yoshlar huquqlari va odob-axloq masalalari muhokama qilindi
янв.21
Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordam tayinlanishi o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN YANGI SPORT MAYDONCHASI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN XONADON TA’MIRIGA AMALIY KO‘MAK KO‘RSATILDI
янв.21
Qaxramon MFYda ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha deputat nazorati olib borilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
РОМИТАНДА САЙЁР ҚАБУЛ: ҲУҚУҚИЙ МАСЛАҲАТ, ИЖТИМОИЙ КЎМАК ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
янв.21
30-iyul yurtimizda Xalqlar do‘stligi kuni deb belgilangan.
янв.21
Deputat va “MADAD” NNT xodimi ishtirokida FHDYo organi faoliyati bilan tanishdi.
DEPUTATLIK O‘RGANISHI NATIJASIDA ELEKTR TARMOQLARIDAGI MUAMMO BARTARAF ETILDI

#162_ta_eng_muhim_qonun

DEPUTATLIK O‘RGANISHI NATIJASIDA ELEKTR TARMOQLARIDAGI MUAMMO BARTARAF ETILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 14-sonli O‘rikzor saylov okrugi deputati Abdushukurov Abdurashid Abdurahimovich tomonidan Ko‘ksaroy mahallasida olib borilgan o‘rganishlar davomida Navo ko‘chasidagi elektr simyog‘ochlariga daraxt shoxlari tegib turgani va buning natijasida elektr ta’minotida uzilishlar yuzaga kelayotgani aniqlangan edi.

🕯 Mazkur muammo yuzasidan bildirilgan e’tiroz va takliflar asosida tuman elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari tomonidan tegishli ishlar amalga oshirildi. Xususan, elektr simlariga tegib turgan daraxt shoxlarini kesish va kaltalashtirish ishlari bajarildi.

🗂 Ushbu o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi O‘RQ-940-sonli “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qonuni talablari ijrosini nazorat qilish, elektr energiyasidan samarali foydalanish hamda elektr ta’minotidagi uzilishlarning oldini olish masalalari doirasida olib borildi.

⏫️ Amalga oshirilgan ishlar elektr tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish va aholi uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.

📈 Deputatlik o‘rganishlari davomida aholi tomonidan bildirilgan murojaatlarni o‘z vaqtida o‘rganish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarni bartaraf etish hamda qonunlar ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 5