Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«Toshrabot» mahallasida 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi
янв.21
Deputatlar va yoshlar uchrashuvi: yoshlar huquqlari va odob-axloq masalalari muhokama qilindi
янв.21
Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordam tayinlanishi o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN YANGI SPORT MAYDONCHASI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN XONADON TA’MIRIGA AMALIY KO‘MAK KO‘RSATILDI
янв.21
Qaxramon MFYda ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha deputat nazorati olib borilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
РОМИТАНДА САЙЁР ҚАБУЛ: ҲУҚУҚИЙ МАСЛАҲАТ, ИЖТИМОИЙ КЎМАК ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
янв.21
30-iyul yurtimizda Xalqlar do‘stligi kuni deb belgilangan.
янв.21
Deputat va “MADAD” NNT xodimi ishtirokida FHDYo organi faoliyati bilan tanishdi.
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #10_band #162_qonun #Kengash_raisi #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Farxod” mahallasida zarur mahsulotlar narxi va ta’minot holati deputatlik nazoratidan o‘tkazildi

Aholini kundalik ehtiyoj uchun zarur oziq-ovqat va iste’mol mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, bozorlarda narxlar barqarorligini saqlash hamda mahsulotlar yetarliligi ustidan tizimli nazorat o‘rnatish aholi turmush farovonligini ta’minlashga xizmat qiluvchi muhim vazifalardan biridir.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, 9-“Abdulla Avloniy” saylov okrugi deputati D.Normuradova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov tomonidan “Farxod” mahallasida aholining kundalik ehtiyojlari uchun zarur mahsulotlar ta’minoti va narx-navosi yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
Mazkur tadbir mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlarining 10-bandi — aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi va ularning yetarliligini o‘rganish vazifasi doirasida tashkil etildi.

Nazorat-tahlil tadbiri davomida mahallada faoliyat yuritayotgan savdo nuqtalarida kundalik iste’mol uchun zarur mahsulotlarning mavjudligi, ularning assortimenti va narxlari, shuningdek, aholining ushbu mahsulotlarni xarid qilishi uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

Xususan, oziq-ovqat mahsulotlari ta’minotining uzluksizligi, iste’mol bozorida talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarning yetarli miqdorda mavjudligi hamda narx-navoning barqarorligini ta’minlash bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Bunday o‘rganishlarning asosiy maqsadi nafaqat mavjud holatni tahlil qilish, balki aholini zarur mahsulotlar bilan ta’minlashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning oldini olish va iste’molchilar manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

Shu bilan birga, savdo nuqtalarida mahsulotlar taqchilligining oldini olish, aholiga kundalik ehtiyoj mollari qulay sharoitlarda taklif etilishini ta’minlash hamda narxlarning asossiz oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik masalalarining dolzarbligi qayd etildi.

O‘rganish davomida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, aholini zarur mahsulotlar bilan barqaror ta’minlash hamda iste’mol bozoridagi vaziyatni muntazam kuzatib borish masalalari deputatlik nazoratiga olindi.

Ta’kidlash joizki, bu kabi nazorat-tahlil tadbirlari mahallalarda aholini qiynayotgan masalalarni joyida o‘rganish, mavjud muammolarga amaliy yechim topish va fuqarolar manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari tomonidan belgilangan ustuvor yo‘nalishlar ijrosi yuzasidan olib borilayotgan o‘rganishlar davom ettirilib, aholi farovonligi, iste’mol bozori barqarorligi va fuqarolar manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan masalalar doimiy e’tiborda bo‘ladi.

Slide 1 of 2