Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«Toshrabot» mahallasida 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi
янв.21
Deputatlar va yoshlar uchrashuvi: yoshlar huquqlari va odob-axloq masalalari muhokama qilindi
янв.21
Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordam tayinlanishi o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN YANGI SPORT MAYDONCHASI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN XONADON TA’MIRIGA AMALIY KO‘MAK KO‘RSATILDI
янв.21
Qaxramon MFYda ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha deputat nazorati olib borilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
РОМИТАНДА САЙЁР ҚАБУЛ: ҲУҚУҚИЙ МАСЛАҲАТ, ИЖТИМОИЙ КЎМАК ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
янв.21
30-iyul yurtimizda Xalqlar do‘stligi kuni deb belgilangan.
янв.21
Deputat va “MADAD” NNT xodimi ishtirokida FHDYo organi faoliyati bilan tanishdi.
Deputatlarning mahallalarda aholi bilan ishlash masalalari muhokama qilindi
Deputatlarning mahallalarda aholi bilan ishlash masalalari muhokama qilindi

Joriy yil 22-sentabr kuni Oliy Majlis Senatida mahalliy Kengash deputatlarining o‘z saylov okruglaridagi mahallalarda aholi bilan ishlashini yanada kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Mazkur seminarda Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari va Kotibiyati xodimlari onlayn tarzda ishtirok etdilar.

Seminar davomida deputatlarning aholi bilan bevosita muloqotini yo‘lga qo‘yish, muammolarni joyida o‘rganish, ularning yechimiga ko‘maklashish hamda aniqlangan muammolar yuzasidan deputatlik nazoratini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Senat tomonidan Xorazm va Navoiy viloyatlarida yo‘lga qo‘yilgan amaliy tizimni boshqa hududlarda ham joriy etish, mahalliy Kengashlar va deputatlar faoliyatini samarali tashkil etishning aniq mexanizmlari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Seminarda deputatlarga mahallalarda aholi, “mahalla yettiligi”, faollar va mas’ul tashkilotlar bilan muntazam muloqot olib borish, ishsizlik, daromad manbaining yo‘qligi, tadbirkorlikni boshlashdagi to‘siqlar, ijtimoiy va infratuzilmaga oid muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimi yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Seminardan so‘ng Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi S. Nazarov tomonidan tuman Kengashi deputatlari bilan seminar davomida ilgari surilgan taklif va tavsiyalar yuzasidan fikr almashildi.

Unda deputatlarga o‘z saylov okruglarida aholi bilan ishlashni yanada kuchaytirish, mahallalarda aniqlangan muammolarni tizimli ravishda Kengash muhokamasiga olib chiqish, mas’ul tashkilotlardan aniq choralar va natijalar talab qilish hamda muammolar hal etilguniga qadar deputatlik nazoratini davom ettirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi.

Termiz tuman Kengashi deputatlari bundan buyon ham mahallalarda aholi bilan ochiq va doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yib, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlashga e’tibor qaratadilar.
Slide 1 of 10