Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«Toshrabot» mahallasida 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi
янв.21
Deputatlar va yoshlar uchrashuvi: yoshlar huquqlari va odob-axloq masalalari muhokama qilindi
янв.21
Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordam tayinlanishi o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN YANGI SPORT MAYDONCHASI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN XONADON TA’MIRIGA AMALIY KO‘MAK KO‘RSATILDI
янв.21
Qaxramon MFYda ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha deputat nazorati olib borilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
РОМИТАНДА САЙЁР ҚАБУЛ: ҲУҚУҚИЙ МАСЛАҲАТ, ИЖТИМОИЙ КЎМАК ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
янв.21
30-iyul yurtimizda Xalqlar do‘stligi kuni deb belgilangan.
янв.21
Deputat va “MADAD” NNT xodimi ishtirokida FHDYo organi faoliyati bilan tanishdi.
Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 1-Xalqobod saylov okrugi deputati N. Ro‘ziyeva tomonidan o‘zi saylangan Xalqobod MFY hududidagi 2-sonli umumta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni sessiya oldidan o‘rganildi.

O‘rganish “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar” asosida Kengash mutaxassisi A. Abdullayeva tomonidan amalga oshirildi.

Jarayon davomida maktabning kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazishga tayyorgarligi, issiqlik tizimi, bino va sinfxonalarning holati, shuningdek, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

O‘rganish natijalari tegishli tartibda umumlashtirilib, sessiya kun tartibidagi masalalarni ko‘rib chiqishda foydalaniladi.

Slide 1 of 6