Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«Toshrabot» mahallasida 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi
янв.21
Deputatlar va yoshlar uchrashuvi: yoshlar huquqlari va odob-axloq masalalari muhokama qilindi
янв.21
Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordam tayinlanishi o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN YANGI SPORT MAYDONCHASI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN XONADON TA’MIRIGA AMALIY KO‘MAK KO‘RSATILDI
янв.21
Qaxramon MFYda ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha deputat nazorati olib borilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
РОМИТАНДА САЙЁР ҚАБУЛ: ҲУҚУҚИЙ МАСЛАҲАТ, ИЖТИМОИЙ КЎМАК ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
янв.21
30-iyul yurtimizda Xalqlar do‘stligi kuni deb belgilangan.
янв.21
Deputat va “MADAD” NNT xodimi ishtirokida FHDYo organi faoliyati bilan tanishdi.
Xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar o‘rganildi

#ekspert_guruhi_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#nazorat_tahlil

Xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zolari hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabov tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish olib bordilar.

O‘rganish davomida xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘rgatish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga yo‘naltirish hamda bandligini ta’minlash orqali daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ishsiz va bandligi ta’minlanmagan xotin-qizlarni aniqlash, ularni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, imtiyozli kredit va boshqa qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish hamda xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3