Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«Toshrabot» mahallasida 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi
янв.21
Deputatlar va yoshlar uchrashuvi: yoshlar huquqlari va odob-axloq masalalari muhokama qilindi
янв.21
Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordam tayinlanishi o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN YANGI SPORT MAYDONCHASI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN XONADON TA’MIRIGA AMALIY KO‘MAK KO‘RSATILDI
янв.21
Qaxramon MFYda ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha deputat nazorati olib borilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
РОМИТАНДА САЙЁР ҚАБУЛ: ҲУҚУҚИЙ МАСЛАҲАТ, ИЖТИМОИЙ КЎМАК ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
янв.21
30-iyul yurtimizda Xalqlar do‘stligi kuni deb belgilangan.
янв.21
Deputat va “MADAD” NNT xodimi ishtirokida FHDYo organi faoliyati bilan tanishdi.
“Sharof Rashidov” mahallasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ “Sharof Rashidov” mahallasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanboyev tomonidan Mirobod tumani “Sharof Rashidov” mahallasida avtotransport vositalarining tartibsiz to‘xtab turishi va harakatlanishi bilan bog‘liq muammolar yuzasidan Toshkent shahar hokimining transport va yo‘l infratuzilmasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A. Baxtiyev nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📩 Deputatlik so‘rovi “Sharof Rashidov” mahalla fuqarolar yig‘inidan kelib tushgan fuqarolar murojaati asosida tayyorlandi. Unda Chimkent ko‘chasi 1-uy oldi, shuningdek, Chimkent va Buyuk Turon ko‘chalari tutashgan qismida avtotransport vositalarining tartibsiz to‘xtab turishi va harakatlanishi aholi uchun qator noqulayliklar yuzaga keltirayotgani bildirilgan.

🏎 Xususan, avtomobillarning belgilangan tartibga rioya qilmasdan to‘xtab turishi piyodalar harakatiga xalaqit berayotgani, yo‘l harakati ishtirokchilarining erkin va xavfsiz harakatlanishini cheklayotgani, shuningdek, hududdagi transport harakati tartibiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etilgan.

🚦 Shu munosabat bilan hududdagi yo‘l harakatini tashkil etish holatini mutaxassislar ishtirokida o‘rganish, zarur hollarda tegishli yo‘l belgilari va yo‘l chiziqlarini o‘rnatish, avtotransport vositalarining to‘xtash va harakatlanish tartibini belgilash zarurati ilgari surilgan.

📹 Shuningdek, mavjud vaziyat va ehtiyojdan kelib chiqib, hududda videokuzatuv, foto-video qayd etish kameralari yoki boshqa texnik vositalarni o‘rnatish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish masalasi ham deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan.

🔎 Deputat Otabek Jiyanboyev tomonidan Toshkent shahar hokimining transport va yo‘l infratuzilmasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A. Baxtiyevdan Chimkent ko‘chasi 1-uy oldi hamda Chimkent va Buyuk Turon ko‘chalari tutashgan qismidagi yo‘l harakati va avtomobillarning to‘xtab turish holatini joyiga chiqib o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda transport va piyodalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish so‘ralgan.

🛣 Bundan tashqari, vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda yo‘l harakatini tashkil etish sxemasini takomillashtirish, tartibsiz to‘xtashlarning oldini olish uchun zarur infratuzilmaviy choralarni amalga oshirish hamda bu ishlarni tegishli dasturlar va moliyalashtirish manbalari doirasida ko‘rib chiqish vazifalari qo‘yilgan.

📋 Deputatlik so‘rovida o‘rganish natijalari, belgilangan chora-tadbirlar va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

🤝 “Sharof Rashidov” mahallasida piyodalar va transport vositalarining xavfsiz hamda qulay harakatlanishini ta’minlash, avtomobillarning tartibsiz to‘xtab turishining oldini olish bilan bog‘liq mazkur masala deputat Otabek Jiyanboyev tomonidan nazoratga olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1