Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«Toshrabot» mahallasida 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi
янв.21
Deputatlar va yoshlar uchrashuvi: yoshlar huquqlari va odob-axloq masalalari muhokama qilindi
янв.21
Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordam tayinlanishi o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN YANGI SPORT MAYDONCHASI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN XONADON TA’MIRIGA AMALIY KO‘MAK KO‘RSATILDI
янв.21
Qaxramon MFYda ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha deputat nazorati olib borilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
РОМИТАНДА САЙЁР ҚАБУЛ: ҲУҚУҚИЙ МАСЛАҲАТ, ИЖТИМОИЙ КЎМАК ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
янв.21
30-iyul yurtimizda Xalqlar do‘stligi kuni deb belgilangan.
янв.21
Deputat va “MADAD” NNT xodimi ishtirokida FHDYo organi faoliyati bilan tanishdi.
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Doimiy_komissiya_faoliyatidan
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
19¹-modda
📌 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi doimiy komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi


Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi majlisi bo‘lib o‘tdi.

🔹 Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi PQ-5050-son qarori talablariga muvofiq, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan har yarim yilda hududlarda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan profilaktika bosh (katta) inspektorlarining hisobotlarini eshitish masalasi ko‘rib chiqildi.

👮‍♂️ Yig‘ilish davomida mahalla huquq-tartibot maskaniga rahbarlik qilayotgan profilaktika bosh inspektorining hududda jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.

🔹 Shuningdek, hududdagi mavjud muammolar, huquqbuzarliklarning oldini olish samaradorligini oshirish, aholi bilan profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.

📌 Majlis yakunida muhokama qilingan masala yuzasidan doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 5