Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
«Toshrabot» mahallasida 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi
янв.21
Deputatlar va yoshlar uchrashuvi: yoshlar huquqlari va odob-axloq masalalari muhokama qilindi
янв.21
Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordam tayinlanishi o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN YANGI SPORT MAYDONCHASI
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN XONADON TA’MIRIGA AMALIY KO‘MAK KO‘RSATILDI
янв.21
Qaxramon MFYda ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha deputat nazorati olib borilmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ehtiyojmand oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda.
янв.21
РОМИТАНДА САЙЁР ҚАБУЛ: ҲУҚУҚИЙ МАСЛАҲАТ, ИЖТИМОИЙ КЎМАК ВА АМАЛИЙ ЕЧИМЛАР
янв.21
30-iyul yurtimizda Xalqlar do‘stligi kuni deb belgilangan.
янв.21
Deputat va “MADAD” NNT xodimi ishtirokida FHDYo organi faoliyati bilan tanishdi.
AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT: MUAMMOLAR TINGLANIB, YECHIMLAR BELGILANDI

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 23-“Nomdanak” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Elmurod Po‘latov tegishli mutasaddi rahbarlar ishtirokida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Ochiq muloqot davomida fuqarolarning kundalik hayotida uchrayotgan muammolari, ularni qiynayotgan masalalar hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan takliflari atroflicha tinglandi.
Fuqarolar tomonidan asosan:
·         💧 kommunal sohadagi muammolarni hal etish;
·         🏠 kadastr hujjatlarini tayyorlash;
·         subsidiya va imtiyozli kreditlar ajratilishida ko‘maklashish;
·         🏥 davolanish masalasida amaliy yordam ko‘rsatish;
·         ishga joylashish;
·         uy-joy ta’miri uchun zarur qurilish mahsulotlarini olishda ko‘maklashish;
·         moddiy yordam ajratilishi kabi masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
📊 Murojaatlar ijrosi:
Jami 42 ta murojaat qabul qilindi.
7 ta murojaat ochiq muloqotning o‘zidayoq ijobiy hal etildi.
5 ta murojaat yuzasidan fuqarolarga tegishli huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi.
30 ta murojaat esa tegishli mas’ullarga yo‘naltirilib, ijroga qaratildi.
Muloqot davomida har bir murojaat e’tibordan chetda qolmasligi, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni faqat tinglash bilan cheklanib qolmasdan, ularning amaliy va ijobiy yechimini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.
Tegishli mutasaddi rahbarlarga ijroga qaratilgan murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va fuqarolarga natijasi haqida ma’lumot berish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
🌿 Aholi bilan ochiq muloqot — muammoni eshitishdan uni hal etishgacha bo‘lgan jarayonning muhim bosqichidir. Bunday uchrashuvlar fuqarolarning muammolarini bevosita o‘rganish, mas’ullarni jalb etish va aniq yechimlarni belgilash imkonini bermoqda.
42 ta murojaat — 42 ta inson taqdiri. Har bir murojaat e’tiborda, har bir muammo yechim sari!

Slide 1 of 9